Xalq ta'limi vazirligi 2024 yilgaça maktab öqituvçilarining oyligini ming dollarga yetkazişni rejalaştirgan. Bu haqda vazir örinbosari Temur Komilov ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Prezidentimizning topşiriğiga köra, öqituvçilarning oyligini 2024 yilgaça xalqona tilda aytganda ming dollarga yetkazişni möljallaganmiz va bu masalada takliflar tayyorlanmoqda.

Qaror loyihasi işlab çiqilgaç, uni albatta, jamoatçilik, xususan, öqituvçi-ustozlarimiz bilan muhokama qilamiz», – dedi Komilov 1 fevral kungi matbuot anjumanida.

Temur Komilov xalq ta'limi tizimidagi moliyaviy qinğirliklarga izoh berarkan, ular asosan naqd puldan öğirlaş, işlanmagan soatlarga qöşib yoziş, lavozim maoşlarini notöğri qöllaş (mutaxassisga oliy toifali öqituvçining stavkasida maoş belgilaş), malaka-toifa sertifikatlarini qalbakilaştirib, asossiz va noqonuniy maoş qöşib yoziş körinişida amalga oşirilganini aytdi.

Soliq idoralariga hali işlanmagan davr uçun xodimlarning maoşidan soliq tölab yuboriş holatlari ham uçrab turgani ta'kidlandi.

Vazir örinbosariga köra, moliyaviy kamomadlarga asosan iş haqini hisoblaş böyiça nihoyatda köp me'yoriy-huquqiy hujjatlar va inson omili sabab bölmoqda. Şu bois hozirda xalq ta'limini boşqarişning yagona majmuaviy kompleksini işlab çiqiş boşlangan va iş haqini hisoblaşda avtomatlaştiriş sari qadam taşlangan.