Mangulik muhrining mezoni mardumga mehrdan, xalq qalbiga yaqinlik, adabiyot sehriga oşuftavorlikdan boşlanadi. Xalq şoiri, davlat madhiyasi matnining muallifi, Özbekiston Qahramoni Abdulla Oripov ana şunday sifatlarga ega adiblardandir. 

Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 dekabrdagi “Özbekiston Qahramoni va xalq şoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi PQ-4906-sonli Qarorida ham ana şu mezon nazarda tutilgani aniq. Bu adibga bölgan yuksak ehtiromning nişonasidir.

Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutida (TIQXMMI) Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripovning 80 yilligini yuqori saviyada nişonlaş böyiça bir yildan ziyod muddat mobaynida qator tadbirlar taşkil etilayotgani sir emas.

25 mart kuni ham xuddi şunday tadbirlarning uçtasi ketma-ket taşkil etildi. Dastavval, soat 10.00 da Abdulla Oripov nomidagi institutda “Yoşlar boği”ning oçiliş marosimi bölib ötdi. Unda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantiriş departamenti, Respublika Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi va boşqa e'tiborga molik taşkilot va muassasalarda faoliyat yurituvçi nufuzli mehmonlar, professor va akademiklar iştirok etişdi.

Institut rektori, professor Öktam Umurzakov yubiley munosabati bilan yiğilganlarni qutlab tadbirni oçar ekan, şoir nomini abadiylaştiriş bilan boğliq harakatlar Prezidentimiz tomonidan şu xususdagi qarorning ijrosini amalga oşiriş borasidagi navbatdagi dadil qadam ekanini uqtirib ötdi. Söngra Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid sözga çiqib uyuşma tomonidan institut bilan hamkorlikda amalga oşirilayotgan qator işlarni qayd etdi. Institut rahbariyati hamda mehmonlar tomonidan tasma qirqiş marosimi ötkazilgaç, butun jamoa xiyobon va unda yaratilgan şaroitlarni közdan keçirişdi. 

Keyin esa Abdulla Oripov nomidagi institut muzeyining oçiliş marosimi boşlandi. Institut rahbariyati hamda mehmonlar tomonidan navbatdagi tasma qirqiş tadbiri amalga oşirilgaç, mutaxassis muzeyşunoslar tomonidan mehmonlarga muzey haqida ma'lumot berilib eksponatlar bilan taniştirildi.

Söngra esa institut madaniyat saroyiga kirildi va u yerda xotira tadbiri boşlandi. Institut rektori Öktam Pardayeviç Umurzakov kiriş sözidan söng Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi Sirojiddin Sayyid tabriklari tinglandi.