Prezident Şavkat Mirziyoyev 2020 yilni «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili» deb e'lon qildi.

Davlat rahbari, şuningdek, oliy öquv yurtlarida davlat grantlari ikki barobarga köpaytirilişini ma'lum qildi.

«Qizlarimiz uçun alohida grantlar ham ajratiladi», – deya qöşimça qildi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentga köra, maktab bitiruvçilarini oliy ta'lim bilan qamrab oliş darajasi 2020 yilda kamida 25 foizga, kelgusida esa 50-60 foizga yetkaziladi. OTMlarga moliyaviy va akademik mustaqillik beriladi.

Şu bilan birga, oliy ta'limda mutaxassislikka aloqasi bölmagan fanlar ikki barobar qisqartiriladi. Ma'lumot uçun, hozirda öquv rejalari va dasturlarida ixtisoslikka xos bölmagan fanlar uluşi 18 foizga teng.

Qöşimça qilinişiça, 2019 yilda OTMlarga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar köp talaba öqişga qabul qilingan. Maktab bitiruvçilarini oliy ta'lim bilan qamrab olinganlik darajasi 2019/2020 öquv yilida 20 foiz, 2018/2019 öquv yilida 15 foizni taşkil etdi.

Qayd etiş joiz, hozir Özbekistonda 117ta oliy ta'lim muassasasi faoliyat yuritmoqda, ulardan 19tasi 2019 yilda oçildi.

OTMlarda belgilangan hozirgi jami grantlarning uluşi 146 ming öquv joyidan 22,3 mingni (15 foizni taşkil etadi). Uşbu raqamni ikki barobar köpaytirişni 3 yilda amalga oşiriş rejalaştirilgan.