Özbekiston Respublikasining prezidenti 2018 yil 16 oktabr kuni “Xususiy bandlik agentliklari töğrisida”gi qonunni imzoladi. Hujjat matni “Xalq sözi” tomonidan e'lon qilingan.

Qayd etilişiça, uşbu Qonunning maqsadi xususiy bandlik agentliklarining faoliyati bilan boğliq munosabatlarni tartibga solişdan iborat.

Bildirilişiça, xususiy bandlik agentligi iş qidirayotgan şaxslarga iş tanlaş va işga joylaşiş böyiça, iş beruvçilar uçun kadrlar tanlaş böyiça xizmatlar körsatuvçi, şuningdek işga joylaştiriş sohasida axborot va maslahat xizmatlari körsatuvçi tijorat taşkilotidir.

Xususiy bandlik agentligi oliy ma'lumotli rahbarni qöşib hisoblaganda kamida ikki nafar xodimga ega bölişi kerak.

Xususiy bandlik agentliklari faoliyatining asosiy prinsiplari qonuniylik, oçiqlik va şaffoflik, kamsitişga yöl qöymaslikdan iboratdir.

Xususiy bandlik agentliklari yuridik va (yoki) jismoniy şaxslar tomonidan har qanday taşkiliy-huquqiy şaklda tuzilişi mumkin.

Xususiy bandlik agentligi davlat organlari, siyosiy partiyalar, kasaba uyuşmalari va diniy taşkilotlar tomonidan tuzilişi mumkin emas.

Xususiy bandlik agentliklarini davlat röyxatidan ötkaziş Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşiriladi.

Davlat xizmatlari markazlari arizaçiga uni xususiy bandlik agentligi sifatida davlat röyxatidan ötkazişni uşbu agentlikni tuziş maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etişga yoki qonunda nazarda tutilmagan qöşimça talablar belgilaşga haqli emas.

Arizaçini xususiy bandlik agentligi sifatida davlat röyxatidan ötkazişni rad etiş, şuningdek davlat röyxatidan ötkaziş muddatlarining buzilişi ustidan sudga şikoyat qilinişi mumkin.

Röyxatdan ötkazuvçi organning qarori, şuningdek uning mansabdor şaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan ğayriqonuniy deb topilgan taqdirda, ular röyxatdan ötkazişni rad etiş yoki röyxatdan ötkaziş muddatini buziş tufayli arizaçiga yetkazilgan zararning örnini qoplaydi hamda ma'naviy ziyonni kompensatsiya qiladi.

Xususiy bandlik agentliklari quyidagi xizmat turlarini körsatişi mumkin:

Özbekiston Respublikasi hududida iş qidirayotgan şaxslarga iş tanlaş;