«Bozorov Bahodir Xöşboq öğli 1994 yilda tuğilgan edi, keça uni yerga qöyişdi.
U bir neça yil qiynalib, talaba bölgan edi. Toşkent davlat yuridik universitetining 3-bosqiçida öqirdi. Talabaligining uç yilidan ehtimol bir kuni ham yengil ötmagan bu yigit umrining sönggi oylarini Bektemir tumani hokimiyatiga yaqin joydagi quriliş obektida ham yaşab, ham işlab ötkazibdi.
Kunduzi quloqçin taqib, onlayn darslarda qatnaşibdi, fevral oyidan yarim kun darsga borib, yarim kun işlabdi, keçalari qurilişi tugamagan binoda usta yigitlar bilan yaşabdi, dars qilibdi. Şanba kuni tunda (2021 yil 27 fevral) lift uçun betondan tayyorlangan, himoyalanmagan şaxtaga 2-qavatdan yiqilibdi. Tez yordam kelavermagaç, yaqinlari köçadan patrul maşinasini töxtatib, yordam söraşibdi. Şoşilinç yordam bölimida uning vafot etganini aytişibdi.
Yakşanba kuni tong sahar şu haqda menga marhumning akasi telefon orqali xabar berdi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Toşkent viloyati filialiga yetib bordik. Tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgaç, marhumning tanasi Toşkent şahar sud-tibbiy ekspertizada tekşirildi.
Bizga ma'lum qilinişiça, marhum böyin umurtqasining sinişi, jigar yorilişi oqibatida vafot etgan», dedi manba.
Uning qöşimça qilişiça, marhum kunning ikkinçi yarmida yölovçi maşinada akasi va amakisi bilan birga Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumaniga, tuğilib ösgan uyiga kuzatilgan.
«Mamlakat, oliy ta'lim tizimi, universitet har qanday qiyinçiliklarga doş berib, heç kimdan heç narsa kutmay, toşdek iroda bilan özini bilintirmay yurgan toza yurakli javohir bir yigitdan ayrildi.
Bahodir, bizga, davlatga, jamiyatga, oliy ta'lim tizimiga, universitetga, quriliş obekti egasiga qoldirib ketgan savollarga qanday javob beriladi endi?..», deya suhbatni yakunladi manba.
Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi Tibbiy ekspertizasi Toşkent şahar filialidan olingan ölim haqidagi tibbiy guvohnoma nusxasi kelib tuşdi.
Unda Bahodir Bozorovning böyin, qorin qöşma tömtoq jarohatlari böyiça oltinçi umurtqa sinişi, orqa miyaga qon quyilişi, şuningdek, jigarining yorilib ketişi va ötkir qon ketişi oqibatida vafot etgani ma'lum qilingan.













