Prezident Şavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati misolida mamlakatda aholi bandligini ta’minlaş, daromadlarni oşiriş va kambağallikni qisqartiriş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar taqdimoti bilan tanişdi.
Davlat rahbarining Xorazm viloyatiga taşrifi çoğida hududni kambağallik va işsizlikdan xoli hududga aylantiriş böyiça qator topşiriqlar berilgan edi.
Taqdimotda uşbu topşiriqlar ijrosini har bir mahalla kesimida ta’minlaş, mavjud imkoniyatlarni aniq loyihalar va barqaror iş örinlariga aylantiriş böyiça işlab çiqilgan rejalar körib çiqildi.
Joriy yilning ötgan davrida viloyatda 162 ming nafar aholining daromadi oşirildi, 29 ming kişi doimiy işga joylaştirilib, 37 ming nafar fuqaroning norasmiy bandligi qonuniylaştirildi.

Kam ta’minlangan oilalarni qöllab-quvvatlaş doirasida 28,9 mingta oiladagi 126,6 ming nafar aholiga 40 mingdan ziyod xizmat körsatildi. Jumladan, 12,4 ming kişi doimiy işga joylaştirildi, 23,6 ming nafari tadbirkorlikka jalb qilindi, 3,3 ming kişiga moliyaviy kömak körsatilib, 1,1 ming nafari kasb-hunarga öqitildi.
Natijada yil boşidan “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan 29 mingta oiladagi 127 ming nafar aholining rasmiy daromadi va moddiy ahvoli yaxşilandi. Uşbu oilalar kambağallikdan çiqarildi. Viloyatda kambağallik darajasi yil boşidagi 6,7 foizdan 3,9 foizga pasaydi.
Ayni paytda viloyatda 39 ming nafar işsiz fuqaro bor, 102 ming kişi mehnat migratsiyasida.
Bandlik sohasidagi asosiy masalalardan biri mavjud vakansiyalar bilan iş izlovçilarning kasbiy tayyorgarligi örtasidagi tafovut ekani qayd etildi. Ayni paytda 50 mingdan ziyod vakansiya mavjud bölsa-da, zarur malakaga ega kadrlar yetişmasligi sababli ularning bir qismi böş qolmoqda.
Davlat rahbari kasb-hunarga öqitiş tizimini qayta körib çiqiş va uni mehnat bozori ehtiyojlari bilan uzviy boğlaş zarurligini ta’kidladi.

Ötkazilgan sörovlarda oliy ta’lim muassasalari talabalarining 63 foizi öqiş jarayonida yetarli amaliy könikmalarni egallamayotganini qayd etgan. Şu bois, örta maxsus va professional ta’lim muassasalarida amaliy tayyorgarlikni kuçaytiriş, oliy ta’lim taşkilotlarining mavjud imkoniyatlaridan kasbga örgatişda keng foydalaniş vazifasi qöyildi. Universitetlarda kunning ikkinçi yarmida talabalarning kasbiy va amaliy könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan maşğulotlarni taşkil etiş zarurligi ta’kidlandi.














