Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanidagi qurilish mollari bozorida yong‘in yuz berdi.

FVV xabariga ko‘ra, 18-avgust kuni soat 13:46 da «Mingchinor» mahallasi hududida joylashgan «Qurilish mollari savdo bozori» hududida savdo rastalari yonayotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Yong‘in 2 soatdan keyin to‘liq o‘chirilgan.

Hozir yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda. Jarohat olganlar yo‘q.

Hodisa joyidagi guvohlarning aytishicha, yirik yong‘inga bozor hududidagi kafedagi gaz ballon portlashi sabab bo‘lgan.