Markaziy bank boşqaruv yiğilişida “Pul-kredit siyosatining 2024 yil va 2025-2026 yillar davriga möljallangan asosiy yönalişlari” konseptual jihatdan ma’qullandi.
Makroiqtisodiy rivojlanişning barça ssenariylarida Markaziy bankning asosiy maqsadi narxlar va moliyaviy barqarorlikni ta’minlaşga qaratiladi.
Kelgusi yillarda taşqi iqtisodiy şaroitlarda joriy vaziyatning keskin özgarişlarsiz rivojlanişi va tarkibiy islohotlarning faol davom ettirilişi asosiy ssenariy şartlari etib belgilangan bölsa, noaniqliklarning yanada kuçayişi va taşqi şaroitlarda xatarli şoklarning yuzaga kelişi muqobil ssenariy şartlari sifatida qayd etildi.
Asosiy ssenariyni işlab çiqişda keyingi yillarda makroiqtisodiy töğrilanişlarning amalga oşirilişi, ya’ni energiya, transport hamda qişloq va suv xöjaligidagi tarkibiy islohotlarni faol fazaga köçişi va ayrimlarining mantiqiy yakuniga yetkazilişi, fiskal konsolidatsiya boşlanib umumiy fiskal defitsit hajmi 2023 yilgi körsatkiçlardan qisqartirib borilişi, iqtisodiyotda davlat uluşining kamayişi, islohotlar natijasida xususiy investitsiyalar va eksport hajmining yuqori sur’atlarda ösib borişi kabi qaraşlarga tayanilgan.
Uşbu ssenariy doirasida yangilangan prognozlarga köra, 2022-2023 yillarda yuzaga kelgan taşqi vaziyatdagi özgarişlarning taklif omillariga bölgan bosimi uzoqroq saqlanib qolayotganligini hamda ayrim tartibga solinadigan narxlar töğrilanişining umumiy inflatsiyaga bölgan ta’sirlarini inobatga olib, inflatsiyaning doimiy 5 foizlik targetiga erişiş davri 2025 yilning ikkinçi yarmiga töğri kelişi keltirilgan.
Şuningdek, targetga erişiş davrining uzayişi, bir tomondan iqtisodiyotdagi yalpi taklifning içki iste’mol talabini yetarli darajada qondirişda keçikayotgani bilan boğliq bölsa, ikkinçi tomondan, yalpi talabni tiyib turişga qaratilgan keskin çoralar körilgan taqdirda iqtisodiy faollik va moliyaviy barqarorlikka jiddiy xatarlar tuğdirişi mumkinligi bilan boğliq.
Makroiqtisodiy rivojlanişning asosiy ssenariysi doirasida 2024 yilda inflatsiya darajasi 8-9 foiz atrofida bölişi prognoz qilinmoqda. Inflatsiyaning mazkur darajada bölişini ta’minlaş uçun pul-kredit şaroitlari 2024 yilda ham nisbatan qat’iy fazada saqlab qolinadi.
Ayni paytda, 2024 yilda tartibga solinadigan narxlarning töğrilaniş darajasidan kelib çiqib inflatsiyaning prognozi qayta yangilanişi va mos ravişda pul-kredit şaroitlariga özgartiriş kiritilişi mumkin.








