«Joylardagi vakolatli organlarning öz vazifasiga mas'uliyatsizligi qaysidir ma'noda bu muammolarga sabab bölgan deb aytsak böladi. Kadastr, şu joydagi mahalliy hokimlik, içki işlar, prokuratura organlari uy-joylarining qonuniy qurilişiga mas'ul hisoblanadi. Biz tomonimizdan ham kamçilik ötmagan deb aytolmayman.
Lekin şu örinda bitta narsani aytib ötmoqçiman. Bitta joyda kimdir özboşimçalik bilan nimadir qura boşlasa borib ogohlantiriş beramiz. Ogohlantiriş beriş tartibi bor. Undan keyin hujjatlarni prokuraturaga beramiz, ular protest kiritadi. Hamma jarayondan ötişimiz uçun uç oy ketarkan. Bu vaqt orasida odamlar noqonuniy imoratni tiklab qöyişayapti. Hozir sendviç-panellar orqali 20 kunda qurib bitkazilayapti «daça»lar. Biz hamma bosqiçlardan ötib, sudga hujjatlar tayyorlagunimizça uyni qurib oladi-da, internetga çiqib, oldinroq qayerga qaragansizlar deb jar soladi.
Qölimizda Böstonliq tumani böyiça özboşimçalik bilan qurilgan yoki tomorqasini kadastr hujjatlarida körsatilganidan köproq yerni noqonuniy egallab olgan holatlar böyiça 2 mingga yaqin ogohlantiriş xatlari berganimizni tasdiqlovçi hujjatlar bor. Lekin davlat organi bölganimiz va fuqarolarga bosim qilmaslik uçun bizda çeklov köproq», deya Şerzodxöja Habibullayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Böstonliqda 24ta uy buzilib, kompensatsiya tölanmasligi mumkin. Mulkdorlar huquqlari himoyasizmi?
Mutasaddining qayd etişiça, uylarning amaldagi kadastr hujjatlari, tuman hokimining yer ajratiş töğrisidagi qarori qalbaki ekanini Google Earth geografik axborot tizimining onlayn xaritasi orqali ham isbotlaş mumkin.
«Google Earth’ning onlayn xaritasini hammamiz bilamiz. Hamma uçun oçiq, işonçli dastur. Çimyon bolalar sil kasalligiga qarşi kuraşiş davolaş maskani atrofidagi 24 uy özboşimçalik bilan qurilganini Google Earth xaritasi ham tasdiqlaydi.
Uşbu xarita orqali davolaş maskani atrofidagi yerlarning 2010 yil mart oyidagi holatini körsak, atrof yam-yaşil, bugungi kunda muhokamalarga sabab bölayotgan, noqonuniy qurilgan 24 ta daça qurilmaganini köriş mumkin. Bu joylar töliq bolalar sil kasalliklari sihatgohining yerlari bölgan.















