Bugun, 28 may kuni prezident Şavkat Mirziyoyev rahbarligida hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oşiriş, köp kvartirali uy-joylar massivlarini barpo qiliş, ularni inftratuzilma bilan ta'minlaş hamda xizmat körsatiş tizimini takomillaştiriş mavzusida videoselektor bölib ötmoqda.
«Bu kiçkina masala emas, juda muhim. Bu işlarga juda köp mablağ beryapmiz. Köp qavatli uy-joylarga şu paytgaça e'tibor bermagandik. Nima qilsak aholini rozi qilamiz? Har bir hokim bu böyiça öz rejasini aytadi. Balandparvoz gaplar kerak emas, nima qilsak odamlar işimiz natijasini sezadi, degan savolga javob izlaşimiz kerak», dedi prezident sözining boşida.
«Joriy yilgi «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari, ijtimoiy va işlab çiqariş infratuzilmasini rivojlantiriş hamda aholini uy-joy bilan ta'minlaş doirasida, 7 794 ta qişloq va mahallada bajarilişi lozim bölgan aniq işlar belgilanib, bunga 18 trillion söm mablağ yönaltirilmoqda.
Aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş, içki yöllarni quriş va ta'mirlaş işlariga, yana qöşimça 300 million dollar ajratdik. Natijada, birgina içimlik suvi ta'minoti sohasida 1 ming 400 kilometr tarmoqlar qurildi va rekonstruksiya qilindi, 8,5 ming kilometr içki yöllar ta'mirlandi.
Ötgan davrda 2 ming kilometr elektr tarmoqlari tortilib, 1 mingta transformatorlar yangilandi. Lekin, barça sohalar va hududlarda ham işlar bir xilda sifatli bajarilayapti, deb bölmaydi. Misol uçun, jami 256 ta (13 foiz) ijtimoiy soha obektlarining loyiha hujjatlari işlab çiqilmagan bölsa, 600 ta (47 foiz) obektlar böyiça tender yakunlanmagan.
Şundan 290 ta maktab, 164 ta boğça, 110 ta tibbiyot muassasasi, 12 ta madaniyat, 22 ta mahalla va 2 ta sport obekti.
Pul bergan bölsak, ötgan yildan beri tayyorgarlik qildilaring, lekin qani natija? Nega Ramatov biror kişini jazolaş, işdan oliş böyiça taklif kiritmaydi?» – prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Bittayam texnikasi yöq taşkilotlarga yirik obektlarni qurişni topşiriş hollari uçrayapti — Prezident








