Dunyoning sanoqli davlatigina Damaşq atirgulidan qimmatbaho efir moyi olib, atir-upa, tibbiyot va kimyo sanoatida qöllaydi, eksport qiladi. Atirgul yoğining bir grammi Saudiya Arabistonida 120 AQŞ dollari atrofida baholanadi. Fransiya, Bolgariya, Turkiya va Italiyaning asosiy daromad manbai hisoblangan mazkur yönaliş Özbekiston sanoati uçun butunlay yangi soha edi.
Uni 20 gektardan ziyod maydonga ekib, katta miqdorda sifatli yoğ va atirgul gulobi işlab çiqariş amaliyoti birinçi bor Jomboy tuproğida yölga qöyildi. Damaşq atirguli bizning şaroitda atigi 20 kun, faqat may oyida «hosilga kiryapti». Ammo natijalar kutilganidan ham ortiq, deb yozadi «Jomboy tongi» gazetasi.

— Qançalik talab yuqori bölmasin, dunyodagi zavod va sexlar imkoniyati yiliga 800 kilogramm atirgul yoği işlab çiqariş quvvatiga ega, xolos, — deydi «Samarkand rose OIL» fermer xöjaligi raisi Suhrob Şamsiqulov. — Qoramöyin qişloğining iqlim şaroiti mö'tadil. Grunt suvlari yer yuzasiga yaqin joylaşgan. Buloqlari köp. Yuqori namgarçilik va buğlaniş şudring hosil qilib, guldagi yoğ miqdorini köpaytirmoqda. Kuniga ming litrdan ziyod atir gul suvi (gulob) va 100 grammga yaqin efir moyi olinyapti. Tsex şu yerning özida işga tuşirilgan. Terim avj pallasida. Ikki kilogramm yoğ, ön tonnadan oşiq gulob yetiştirib, xorijga eksport qiliş böyiça şartnoma tuzganmiz. Mahsulotimiz Fransiya, Turkiya va Rossiya işbilarmonlarida ham katta qiziqiş uyğotmoqda.










