1 noyabr kuni Kun.uz'da Samarqand viloyati Jomboy tumanining «Şirinkent» mahallasida aholi yöl ustida devor qurilganidan norozi ekani yuzasidan maqola e'lon qilingandi. Jomboy tumani hokimligi axborot xizmati maqolaga munosabat bildirib, mazkur devor noqonuniy tarzda qurilganini ma'lum qildi.

«Kun.uz saytida çop etilgan «Jomboydagi «zirhlangan» «oltin devor». U odamlarning yölini tösmoqda» sarlavhali maqola tuman hokimligi, arxitektura bölimi va kadastr xizmati mutaxassislari iştirokida örganib çiqildi.

Foto: Jomboy tuman hokimligi

Devor tadbirkor E.Narziyev tomonidan qurilgan bölib, unga berilgan egalik huquqi töğrisidagi 982-Q sonli tuman hokimi qarori 2014 yil 22 sentyabrda çiqarilgan. Aholi tomonidan mazkur qarorni haqiqiy emas deb topiş töğrisidagi tuman ma'muriy sudiga kiritilgan da'vo arizasi 2020 yil 7 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga asosan rad etilgan.

Ammo örganiş davomida tadbirkor tomonidan yölni tösiş hisobiga qurilgan devor Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-sonli qaroriga zid ekani aniqlandi. Uşbu jihatni inobatga olgan holda devorni ixtiyoriy buzib oliş böyiça E.Narziyevga tuşuntiriş berildi.

Aholi vakillari tuman ma'muriy sudining hal qiluv qarori ustidan yuqori sud organlariga murojaat etişlari mumkin», deyiladi hokimlik munosabatida.