Şavkat Mirziyoyev öqituvçi va murabbiylarni tabriklab, soha xodimlaridan bir guruhini mukofotladi
|01:28 / 30.09.202125 13443 min
1 oktabr - Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh ustoz va murabbiylar unvon, orden hamda medallar bilan mukofotlandi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev umumxalq bayrami — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan soha xodimlarini qutlab, tabrik yölladi. Tabrik matni prezident matbuot xizmati tomonidan e'lon qilindi.
Quyida tabrik matni töliğiça taqdim etiladi.
Muhtaram ustoz va murabbiylar!
Qadrli faxriylar!
Avvalo, siz, azizlarni, ta'lim-tarbiya sohasining barça jonkuyar xodimlarini umumxalq bayrami — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Uşbu qutluğ ayyomda siz, zahmatkaş ustozlarga könglimizda, yuragimizda bölgan yuksak hurmat-ehtirom va ezgu tilaklarni söz bilan töliq ifoda etiş qiyin, albatta. Çunki sizlar dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratiş, uni xalqimizga, unib-ösib kelayotgan yoş avlodimizga bezavol yetkaziş yölida çinakam fidoyilik körsatib mehnat qilayotgan uluğ insonlarsiz. Bu ulkan boylik — aql-zakovat va ilm, bu ölmas meros — yaxşi tarbiyadir.
Şu bois bugun sizlarning şa'ningizga bildirayotgan olijanob istaklarimiz, ta'zim va taşakkurlarimizni butun el-yurtimizning çeksiz hurmat va ehtiromi ramzi sifatida qabul etgaysiz.
Aziz yurtdoşlar!
Mamlakatimizda sönggi yillarda ilm-fan va ta'lim-tarbiya sohasini davlat siyosatining ustuvor yönalişiga aylantirişga qaratilgan, oilada farzand tuğilganidan boşlab, kamolot yoşiga yetgunga qadar uni har tomonlama qöllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib örin topişiga xizmat qiladigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratilmoqda.
Biz bu jarayonda inson kapitaliga e'tiborni yanada kuçaytiriş, buning uçun barça imkoniyatlarni safarbar etiş borasida muhim dastur va loyihalarni amalga oşirmoqdamiz. Masalan, beş yil oldin yurtimizda 5 ming 211 ta boğça faoliyat körsatgan bölsa, hozirgi kunda bu raqam 19 ming 316taga, tizimdagi qamrov 62 foizga, 6 yoşdagi bolalar örtasida esa 77 foizga yetdi.
Mamlakatimizda yangi turdagi va yangi sifat bosqiçidagi ta'lim maskanlari, xususan, Prezident maktablari, ijod maktablari, ixtisoslaşgan maktablar faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunga kelib, matematika yönalişida 112ta, fizika yönalişida 14ta, kimyo-biologiya böyiça 87ta, informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari böyiça 99ta, xorijiy tillar böyiça 207ta ixtisoslaşgan maktablar faoliyat olib borayotganini alohida ta'kidlab ötiş lozim.
Oliy ta'lim sohasida ham jiddiy islohotlar amalga oşirilmoqda. Oxirgi beş yilda çet ellardagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda 67ta yangi universitet va institutlar hamda filiallari barpo etilib, ularning umumiy soni 144taga yetkazilgani, qamrov darajasi 3 karra ortib, 9 foizdan 28 foizga yetgani ham şundan dalolat beradi.
Mavzuga oid
Joriy öquv yilida eng zamonaviy talab va standartlar asosida taşkil etilgan Yangi Özbekiston universiteti dastlabki talabalarni öz bağriga qabul qildi.
Bunday yangilaniş jarayonlarida ustoz-murabbiylarimizning işga, hayotga munosabati va mas'uliyati tubdan özgarib, ularning doimiy izlanib, yangilikka intilib yaşayotgani, ilğor ta'lim texnologiyalari va metodikalarini puxta özlaştirib borayotgani, heç şubhasiz, hal qiluvçi ahamiyat kasb etmoqda.
Muhtaram vatandoşlar!
Bugungi şiddatli zamon oldimizga qanday murakkab vazifalarni qöyayotganini barçamiz körib, bilib turibmiz. Ularni hal etiş va ezgu maqsadlarimizga yetiş, dunyo miqyosida raqobatbardoş böliş uçun xalqimizni, avvalambor, yoşlarimizni ilm-fan, ma'rifat va ma'naviyat, taraqqiyot yutuqlari bilan qurollantirişimiz kerak.
Ayni şu maqsadda ta'lim mazmunini töliq yangilaş uçun mamlakatimiz olimlari, tajribali pedagoglar va xorijiy ekspertlarni keng jalb qilgan holda, Milliy öquv dasturi yaratilib, bosqiçma-bosqiç amaliyotga tatbiq etilmoqda.
Zamonaviy darsliklarni yaratiş böyiça dastlabki natijalarga erişilib, joriy yilda ilk bor bir milliondan ortiq boşlanğiç sinf öquvçilarimiz yangi darsliklar böyiça ta'lim olmoqda.
Bugungi kunda oliy ta'lim tizimini yangi sifat bosqiçiga kötariş, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etiş, oliygohlarimizni ta'lim va ilm-fanning yirik markazlariga aylantiriş böyiça boşlagan katta işlarimizni jadal davom ettirişimiz lozim.
Ta'lim sohasining yana bir muhim vazifasi — faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bölgan, Vatan va xalq manfaatlarini qat'iy himoya qila oladigan, zamonaviy, keng fikrlaydigan yoşlar avlodini şakllantirişdan iborat. Şu sababli «Uzluksiz ta'lim tizimida ijtimoiy fanlarni öqitiş tartibi va tamoyillari konsepsiyasi»ni işlab çiqiş va uni amaliyotga joriy etiş obektiv zaruratga aylanmoqda, deb öylayman.
Hurmatli ustoz va murabbiylar!
Jamiyatimizda boğça tarbiyaçisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-öqituvçilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uçinçi Renessansning tört tayanç ustuni deb e'tirof etmoqdamiz. Şundan kelib çiqib, ularning hurmat-e'tiborini oşiriş, xususan, muallim va ustozlarning qadri, şa'ni va ğururini tiklaş, maşaqqatli va şarafli mehnatini moddiy va ma'naviy rağbatlantiriş böyiça boşlagan işlarimizni albatta yangi poğonaga kötaramiz.
Siz, azizlarni qutluğ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barçangizga sihat-salomatlik, baxtu saodat, ezgu faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.
Hamişa soğ-omon böling, muhtaram ustozlar!
Prezidentning «Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida örnak körsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlaş töğrisida»gi farmoni ham imzolangan.
Mamlakatda ta'lim tizimini xalqaro standartlar asosida rivojlantiriş, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş, öquv-tarbiya jarayoniga ilğor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etiş işlariga qöşgan munosib hissasi, öquvçilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni örgatiş, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirişdagi taşabbuskorligi va fidoyiligi, yuqori malakali kadrlarni tayyorlaş, jismoniy va ma'naviy jihatdan barkamol avlodni şakllantiriş, yoşlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida buyuk ajdodlarga munosib vorislar etib tarbiyalaş borasidagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol iştiroki uçun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlangan:
«Özbekiston Respublikasi xalq öqituvçisi» faxriy unvoni bilan
Imamova Sayyora Abduraxmanovna - Kattaqörğon şahridagi 11-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining 10-V sinf rahbari, fizika fani öqituvçisi, Camarqand viloyati
Karimov Raxmatulla Taşbayeviç - Uçtepa tumanidagi 81-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining matematika fani öqituvçisi, Toşkent şahri
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan xalq ta'limi xodimi»faxriy unvoni bilan
Asetova Sarbike Aleuovna - Qonliköl tumanidagi 4-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Nekrasova Tatyana Pavlovna - Mirobod tumanidagi 60-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabi direktori, Toşkent şahri
Normetov Millavoy Jumabayeviç - Böstonliq tumanidagi 44-umumiy örta ta'lim maktabi direktori, Toşkent viloyati
Yuldoşeva Şoxida Sa'dullayevna - Xatirçi tumanidagi 22-umumiy örta ta'lim maktabining biologiya fani öqituvçisi, Navoiy viloyati
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi» faxriy unvoni bilan
Kurbanova Nadira Saxabovna - Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining «Tomoşa» bolalar musiqiy teatr-studiyasi direktori
Qarayeva Xosiyat Öroqovna - Denov tumanidagi 1-umumiy örta ta'lim maktabi direktori, Surxondaryo viloyati
Xikmatov Fazliddin - Özbekiston Milliy universitetining quruqlik gidrologiyasi kafedrasi professori
Şnayder Olga Mixaylovna - Marğilon şahridagi 10-bolalar musiqa va san'at maktabi direktori, Farğona viloyati
«Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan sport ustozi» faxriy unvoni bilan
Murodov Kamol Ergaşeviç - Sport yakkakuraşlari böyiça respublika oliy sport mahorati maktabining dzyudo bölimi murabbiysi
Normuradov Aşur Nazaroviç - Yengil atletika böyiça respublika oliy sport mahorati maktabi murabbiysi
«Fidokorona xizmatlari uçun» ordeni bilan
Karimova Uguljon Salayevna - Toşkent axborot texnologiyalari universiteti Urganç filiali akademik litseyining matematika fani öqituvçisi, Xorazm viloyati
Kurambayev Karimbay - Nukus davlat pedagogika institutining özbek adabiyoti kafedrasi professori, Qoraqalpoğiston Respublikasi
«Mehnat şuhrati» ordeni bilan
Abibullayeva Anife Ablyazizovna - Sirdaryo tumanidagi 1-umumiy örta ta'lim maktabining 9-A sinf rahbari, matematika fani öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
Atayeva Matlyuba Yaxiyayevna - Buxoro şahridagi 24-köriş imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktabi direktorining öquv işlari böyiça örinbosari, Buxoro viloyati
Bulatov Saidaxbor Sobitoviç - Toşkent davlat pedagogika universitetining tasviriy san'at kafedrasi professori
Valiyeva Olmos Soliyevna - Qöqon şahridagi 12-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Farğona viloyati
Jamolova Mavjuda Jamilovna - Buxoro viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori
Jumaniyozova Umida Sadullayevna - Xiva şahridagi 121-közi ojiz bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatining 6-A sinf rahbari, boşlanğiç sinf öqituvçisi, Xorazm viloyati
Kadirov Amanulla Azizoviç - Toşkent davlat texnika universiteti huzuridagi Strategik innovatsiyalar va informatizatsiya tarmoqlararo markazi direktori
Kayumova Gulçexra Muxammodjonovna - Töraqörğon tumani Işoqxon Ibrat nomidagi maktab-internati direktori, Namangan viloyati
Kudyarova Yelizaveta Savitovna - Qoraqalpoğiston Respublikasi 10-közi ojiz va zaif köruvçi bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatining rus tili fani öqituvçisi
Lagutina Olga Vladimirovna - Uçquduq tumanidagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining 2-B sinf rahbari, boşlanğiç sinf öqituvçisi, Navoiy viloyati
Mirzayeva Donoxon Madaminovna - Qörğontepa tumanidagi «Muruvvat» nogironligi bölgan bolalar uçun internat uyi tarbiyaçisi, Andijon viloyati
Mirzayeva Umida Mirraximovna - Olmazor tumanidagi 243-umumiy örta ta'lim maktabining 5-B sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Muminova Nurxon Turgunovna - Yakkasaroy tumanidagi 89-umumiy örta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Nasridinov Xolmamat Köziyeviç - Qibray tumanidagi kasb-hunar maktabi katta ustasi, Toşkent viloyati
Nizomova Dilfuza Latifovna - Kattaqörğon tumanidagi 15-umumiy örta ta'lim maktabining 11-B sinf rahbari, biologiya fani öqituvçisi, Samarqand viloyati
Raxmatov Abdusamat Nigmatoviç - Şahrisabz tumanidagi 6-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktab-internatining 10-A sinf rahbari, matematika fani öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Saidxodjayeva Nigora Ergaşevna - Sergeli tumanidagi 300-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabi direktori, Toşkent şahri
Suleymonova Zaynabxon Urinboyevna - Marhamat tumanidagi 3-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktab-internatining fizika fani öqituvçisi, Andijon viloyati
Tilagov Axmadkul Abduazimoviç - Jizzax şahridagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining 5-A sinf rahbari, matematika fani öqituvçisi, Jizzax viloyati
Usmonov Aslonqul - Qarşi tumanidagi 19-umumiy örta ta'lim maktabining rus tili fani öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Xojimurodova Dilfuza Eşboltayevna - Şerobod tumanidagi 37-umumiy örta ta'lim maktabining 3-A sinf rahbari, biologiya fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
I darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni bilan
Raximova Dildora Djurayevna - Karmana tumanidagi 1-maktabgaça ta'lim muassasasi mudiri, Navoiy viloyati
Tillayeva Zebo Yerbekovna - Toşkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyining biologiya fani öqituvçisi
II darajali «Soğlom avlod uçun» ordeni bilan
Abduraxmanova Nargiza Xikmatillayevna - Toşkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining biologiya fani öqituvçisi
Aminov Rufat Şavkatoviç - Xiva şahridagi Prezident maktabi direktori, Xorazm viloyati
Axmedov Komil Yunusxanoviç - Angren şahridagi ayrim fanlar çuqur örganiladigan ixtisoslaştirilgan maktab-internati direktori, Toşkent viloyati
Ivanovskaya Alla Vladimirovna - Mirzo Uluğbek tumanidagi 71-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Koşerova Abadan Tnişbayevna - Möynoq tumanidagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining geografiya fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Mamatmurodova Oytuti Raxmonkulovna - Jomboy tumanidagi 2-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi, Samarqand viloyati
Maşaripova Gulamdon Egamberganovna - Urganç şahridagi 5-umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Xorazm viloyati
Murodova Novbahor Nematovna - Yakkaboğ tumanidagi 3-maktabgaça ta'lim muassasasi mudiri, Qaşqadaryo viloyati
Nazarova Fatima Mustafakulovna - Guliston şahridagi 8-umumiy örta ta'lim maktabining 6-G sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
Nurmatova Gulçexra Xamidullayevna - Mingbuloq tumanidagi 19-umumiy örta ta'lim maktabining 3-A sinf rahbari, boşlanğiç sinf öqituvçisi, Namangan viloyati
Panoyeva Sayyora Törayevna - Buxoro şahridagi 32-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Buxoro viloyati
Rasulov Xayat Zairoviç (marhum) - Toşkent arxitektura-quriliş institutining gidrotexnika inşootlari, zamin va poydevorlar kafedrasi professori
Raximov Ötkir Şakirjanoviç - Uzun tumanidagi 4-umumiy örta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
Rozikova Şoxidaxon Alijonovna - Andijon tumanidagi 25-umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Andijon viloyati
Sodikova Roziya Jörayevna - Buxoro şahridagi 5-umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Buxoro viloyati
Xasanov Olimjon Abdukaimoviç - Şarof Raşidov tumanidagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining jismoniy tarbiya fani öqituvçisi, Jizzax viloyati
Xudayberganov Gulmirza - Özbekiston Milliy universitetining matematik analiz kafedrasi professori
Yuldaşeva Xakima Bafoxodjayevna - Özbekiston tumanidagi 13-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi, Farğona viloyati
Yaxyoyev Nurullo Yakuboviç - Navoiy şahridagi matematika, fizika va ingliz tili fanlariga ixtisoslaştirilgan maktab-internati direktori, Navoiy viloyati
«Döstlik» ordeni bilan
Abdirova Gulaim Çarjauovna - Nukus şahridagi 1-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabi direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Alimova Svetlana Alekseyevna - Ohangaron şahridagi 4-umumiy örta ta'lim maktabining matematika fani öqituvçisi, Toşkent viloyati
Bavend Yelena Baxramovna - Toşkent şahridagi «Competencies Development Centre» nodavlat ta'lim muassasasining matematika fani öqituvçisi
Berdiyeva Mukarrama Anvarovna - Toşkent şahridagi Yodju texnika institutining rus tili kafedrasi mudiri
Bokiyeva Roxatxon Saypiddinovna - Namangan şahridagi 26-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Namangan viloyati
Borozdina Larisa Loriyevna - Yunusobod tumanidagi 5-umumiy örta ta'lim maktabining 11-A sinf rahbari, ingliz tili fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Ğozibekova Matluba Davronovna - Boyovut tumanidagi 37-umumiy örta ta'lim maktabining kimyo va biologiya fanlari öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
Davlanova Dilorom Axmadovna - Qöşrabot tumanidagi 81-umumiy örta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Samarqand viloyati
Djabborova Zamira Qudratovna - Koson tumanidagi 57-umumiy örta ta'lim maktabining ingliz tili fani öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Ibragimova Nasibaxon Rustamjonovna - Paxtaobod tumani maktabgaça ta'lim bölimi mudiri örinbosari, Andijon viloyati
Kalandarova Rayxan Amanovna - Amudaryo tumanidagi 36-umumiy örta ta'lim maktabining 7-A sinf rahbari, kimyo fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Maksudov Ilxomjon Nişonboyeviç - Kosonsoy tumanidagi 44-imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab tarbiyaçisi, Namangan viloyati
Mirzayeva Zulfiya Xolmatovna - Qarşi şahridagi «Muruvvat» nogironligi bölgan bolalar uçun internat uyi enagasi, Qaşqadaryo viloyati
Mirsaidov Mirziyod - Toşkent irrigatsiya va qişloq xöjaligini mexanizatsiyalaş muhandislari institutining nazariy va quriliş mexanikasi kafedrasi mudiri
Moldabayeva Nasiba Kabulovna - Örta Çirçiq tumanidagi 65-umumiy örta ta'lim maktabining rus tili va adabiyoti fani öqituvçisi, Toşkent viloyati
Muratova Alfiya Nazgatovna - Jarqörğon tumanidagi 1-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi, Surxondaryo viloyati
Muxametşina Nuriya Mağsumovna - Jizzax şahridagi 29-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Jizzax viloyati
Novikova Irina Nikolayevna - Mirzo Uluğbek tumanidagi 105-imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Toşkent şahri
Ruziyeva Nargiza Irgaşevna - Quvasoy şahridagi 90-kar bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internatining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Farğona viloyati
Sidikova Sayora Urazaliyevna - Tomdi tumanidagi tabiiy fanlarni çuqurlaştirib öqitişga ixtisoslaştirilgan maktab-internatining 11-A sinf rahbari, matematika fani öqituvçisi, Navoiy viloyati
Sultonov Pölatjon Salimoviç - Geologiya fanlari universitetining neft va gaz konlari geologiyasi fakulteti dekani
Taxmazov Çingiz Karam ogli - Zarafşon şahridagi «Alpomiş» sport majmuasining sambo böyiça katta murabbiysi, Navoiy viloyati
Toxtasimov Şuxrat Maxmutoviç - Özbekiston davlat xoreografiya akademiyasi rektori
Uzakov Akram Nurmuxamedoviç - Iştixon tumanidagi bolalar va ösmirlar sport maktabining boks böyiça murabbiysi, Samarqand viloyati
Urayeva Darmon Saidaxmedovna - Buxoro davlat universitetining özbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, Buxoro viloyati
Fattoyev Baxtiyor Jabboroviç - Sariosiyo tumanidagi 9-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
Çen Yelena Leonidovna - Urganç şahridagi 10-umumiy örta ta'lim maktabining informatika fani öqituvçisi, Xorazm viloyati
Şodmanova Muxabbat Boyzaqovna - Jizzax viloyati közi ojiz va zaif köruvçi bolalar uçun maxsus maktab-internatining matematika fani öqituvçisi
Elmuratov Abdumannab Saparoviç - Sardoba tumanidagi 14-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
«Sodiq xizmatlari uçun» medali bilan
Adizova Firuza Boboqulovna - Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi Navoiy akademik litseyining tarix va huquq fanlari katta öqituvçisi, Navoiy viloyati
Axmedova Maxpirat Lapasovna - Samarqand davlat tibbiyot instituti akademik litseyining kimyo fani öqituvçisi, Samarqand viloyati
Boynazarov Ravşanbek Raşidoviç - Surxondaryo viloyati közi ojiz va zaif köruvçi bolalarga ixtisoslaştirilgan 125-maktab- internatining matematika fani öqituvçisi
Botirova Dilafruz Nosirovna - Zafarobod tumanidagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining 2-V sinf rahbari, boşlanğiç sinf öqituvçisi, Jizzax viloyati
Böstonov Lutfidin Qöşaqoviç - Oltinköl tumanidagi 5-umumiy örta ta'lim maktabining musiqa fani öqituvçisi, Andijon viloyati
Gazibayeva Dinora Raxmatxodjayevna - Toşkent şahridagi imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan 1-kasb-hunar maktabi direktorining yoşlar bilan işlaş böyiça örinbosari
Duşaboyeva Fazilat Abdumöminovna - Böka tumanidagi 8-umumiy örta ta'lim maktabining kimyo va biologiya fanlari öqituvçisi, Toşkent viloyati
Jonibekova Nodira Şeraliyevna - Mirzaçöl tumanidagi 14-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Jizzax viloyati
Jumanov Farxod Karimoviç - Çiroqçi tumani xalq ta'limi bölimi mudiri, Qaşqadaryo viloyati
Jurayeva Feruza Xayrullayevna - Şofirkon qişloq xöjaligi mahsulotlari texnologiyasi texnikumining maxsus fan öqituvçisi, Buxoro viloyati
Zakirova Zulfiya Turayevna - Sirdaryo viloyati 70-sanatoriy turidagi maktab-internati psixologi
Ikromova Norgul Şaropovna - Mirobod tumanidagi 294-umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Toşkent şahri
Inoyatov Islom Yusupoviç - Toşkent «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyining tarix fani boş öqituvçisi
Kojalepesova Indira Oralbayevna - Möynoq tumanidagi kasb-hunar maktabi direktori, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Qulmuratov Aybek Omirxanoviç - Şumanay tumanidagi 1-umumiy örta ta'lim maktabining tasviriy san'at va çizmaçilik fanlari öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Qurbaniyazov Dauitbay Qalbayeviç - Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlaniş va jamoat birlaşmalari masalalari qömitasi raisi
Mamadaliyev Sobir Irgaşeviç - Çilonzor tumani xalq ta'limi bölimi mudiri, Toşkent şahri
Mamatqulov Asqar Faxriddinoviç - Olmaliq şahridagi 80-kar va zaif eşituvçi bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktab-internati direktori, Toşkent viloyati
Mirzayeva Salimaxon Rayimjanovna - Andijon davlat universitetining özbek adabiyotşunosligi kafedrasi professori, Andijon viloyati
Roziqov Kamoliddin Usmonoviç - Toşloq tumanidagi 6-umumiy örta ta'lim maktabining biologiya fani öqituvçisi, Farğona viloyati
Saidov Amin Halim öğli - Buxoro şahridagi 35-umumiy örta ta'lim maktabining kimyo fani öqituvçisi, Buxoro viloyati
Samadova Husnora Ne'matovna - Nişon tumanidagi 18-umumiy örta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Sapayeva Mukaddas Artikovna - Yangiariq tumanidagi 37-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining 11-A sinf rahbari, biologiya fani öqituvçisi, Xorazm viloyati
Sodikov Alimardon Abduxolikoviç - Danğara tumani xalq ta'limi bölimi mudiri, Farğona viloyati
Sultonova Moxida Zaynidinovna - Yangiqörğon tumanidagi 21-umumiy örta ta'lim maktabining 7-Ye sinf rahbari, ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Namangan viloyati
Turgunov Şerzod Möydinoviç - Beşariq tumanidagi 3-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining 6-V sinf rahbari, informatika fani öqituvçisi, Farğona viloyati
Xakimova Xulkar Abdusattarovna - Şörçi tibbiyot kollejining maxsus fan öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
Xamdamov Karomat Haqberdiyeviç - Buxoro davlat universiteti Qoraköl akademik litseyining fizika fani öqituvçisi, Buxoro viloyati
Xudayberdiyeva Dilfuza Jakbarovna - Mingbuloq pedagogika kollejining maxsus fan öqituvçisi, Namangan viloyati
Xusanova Nigora Yaxşiboyevna - Paxtaçi tumanidagi 24-umumiy örta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Samarqand viloyati
Eşniyazov Ergaş Mahmudoviç - Tuproqqal'a tumanidagi xususiy öquv-tayyorlov kursi fizika va matematika fanlari öqituvçisi, Xorazm viloyati
Yugay Aurika Innakentevna - Sirdaryo tumanidagi kasb-hunar maktabining tarix fani öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
Yuldaşev Nosirjon Xaydaroviç - Farğona politexnika institutining fizika kafedrasi professori, Farğona viloyati
«Soğlom turmuş» medali bilan
Atadjanova Sayyora Kutimovna - Sport öyinlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan bolalar va ösmirlar sport maktabining gandbol böyiça murabbiysi
Matkarimov Farxod Kamiloviç - Sportning qişki va murakkab texnik turlari böyiça respublika oliy sport mahorati maktabining bodibilding, fitnes va mas-restling böyiça murabbiysi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Abduvahitov Bozormurod - Jizzax davlat pedagogika instituti akademik litseyining biologiya fani öqituvçisi, Jizzax viloyati
Boltayev Boburbek Matyoqub öğli - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning kimyo fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Xaybatullayeva Sojidaxon Zaynatullayevna - Olmazor tumanidagi «Alixan kids» nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi rahbari, Toşkent şahri
«Şuhrat» medali bilan
Abduazimova Surayyo Şodmonkulovna - Yangiyer şahridagi 9-umumiy örta ta'lim maktabining ingliz tili fani öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
Abdukarimov Xafizilla Vaqqosoviç - Çust tumanidagi 12-umumiy örta ta'lim maktabining 8-B sinf rahbari, matematika va informatika fanlari öqituvçisi, Namangan viloyati
Abdukarimova Gulbaxor Baxtiyarovna - Andijon şahridagi «Brilliant Education» nodavlat ta'lim muassasasi rahbari, Andijon viloyati
Abdullayeva Dilobar Dexqonovna - Töraqörğon tumanidagi 22-umumiy örta ta'lim maktabining 10-B sinf rahbari, fizika fani öqituvçisi, Namangan viloyati
Abduraxmanova Dilnoza Abduraimovna - Qarşi şahridagi 17-imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasasi defektologi, Qaşqadaryo viloyati
Abdusattarova Şaxnoza Baxtiyarovna - Toşkent tumanidagi 11-umumiy örta ta'lim maktabining 7-V sinf rahbari, ingliz tili fani öqituvçisi, Toşkent viloyati
Abrorova Nozila Sidiqxonovna - Pop tumanidagi 9-umumiy örta ta'lim maktabining 11-A sinf rahbari, biologiya fani öqituvçisi, Namangan viloyati
Ametov Salamat Muratbayeviç - Kegeyli tumanidagi 14-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Atadjanov Azamat Bekçanoviç - Urganç maqom san'atiga ixtisoslaştirilgan maktab-internati direktori, Xorazm viloyati
Ataniyazova Gulşat Seytniyazovna - Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Aşurov Farxod Tölqinoviç - Dehqonobod tumanidagi 77-umumiy örta ta'lim maktabining kimyo fani öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Aşurova Aziza Erkinovna - Termiz şahridagi 12-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Surxondaryo viloyati
Boymatova Oysanam Yuldoşovna - Denov tumanidagi «Kinderland-kids» nodavlat maktabgaça ta'lim muassasasi ta'sisçisi, Surxondaryo viloyati
Ğaybulloyeva Dildora Pulotovna - Qorovulbozor tumanidagi 9-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi, Buxoro viloyati
Dexkanova Dilnoza Taşpulatovna - Samarqand davlat çet tillar institutining ingliz tili filologiyasi kafedrasi katta öqituvçisi, Samarqand viloyati
Djalalov Azamat Axraroviç - Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslaştirilgan maktabning informatika fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Djumakulova Şaxlo Davlyatovna - Toşkent davlat texnika universiteti Termiz filiali akademik litseyining informatika fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
Yodgorova Yoqutxon Avazxonovna - Uçköprik tumanidagi 15-umumiy örta ta'lim maktabining tarix fani öqituvçisi, Farğona viloyati
Jumayeva Dilafröz Normurodovna - Navoiy şahridagi kasb-hunar maktabining informatika fani yetakçi öqituvçisi, Navoiy viloyati
Zamonov Zokir Turğinoviç - Özbekiston davlat jahon tillari universitetining ijtimoiy fanlar kafedrasi katta öqituvçisi
Imamxodjayeva Aziza Anvarovna - Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi filologiya fanlariga ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi
Isamuxamedova Dilfuza Sadriddinovna - Toşkent şahridagi «Future Education» nodavlat ta'lim muassasasi direktori
Ismoilova Uringul Jaxongirovna - Navoiy şahridagi Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Navoiy viloyati
Işpulatova Umida Ubaydullayevna - Ğallaorol tumanidagi 5-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi, Jizzax viloyati
Karimov Sodiq Şerboyeviç - Muzrabot tumanidagi kasb-hunar maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
Karimova Ayşa Rozimbayevna - Ellikqal'a tumanidagi 40-umumiy örta ta'lim maktabining 4-A sinf rahbari, boşlanğiç sinf öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Karimova Jöraxon Abduraximovna - Guliston şahridagi Bolalar şaharçasi psixologi, Sirdaryo viloyati
Kasimov Umidjon Ulmasoviç - Urgut tumanidagi 34-umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Samarqand viloyati
Kosimov Kodirjon Mamasadikoviç - Rişton tumanidagi «Ibn Sino education» nodavlat ta'lim maktabi rahbari, Farğona viloyati
Qosimov Adham Baxriddinoviç - Qamaşi tumanidagi 38-umumiy örta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Maxamatov Usmon Jumavayeviç - Respublika olimpiya zaxiralari kollejining belboğli kuraş bölimi katta murabbiysi
Maxammatdinova Lola Maxammatdinovna - Özbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filialining baxşiçilik yönalişi öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Maxkamova Surayyo Anvarovna - Parkent tumanidagi 7-umumiy örta ta'lim maktabining 8-A sinf rahbari, fizika fani öqituvçisi, Toşkent viloyati
Maxmudova Madinabonu Latifovna - Navoiy viloyati köriş imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi
Maşaripov Uluğbek Zaripoviç - Urganç xizmat körsatiş va servis texnikumining maxsus fan öqituvçisi, Xorazm viloyati
Mexmanova Dilbarxon Nömanjanovna - Namangan tumanidagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining 11-B sinf rahbari, kimyo fani öqituvçisi, Namangan viloyati
Muminova Gulmira Melikulovna - Oqdaryo tumanidagi 48-umumiy örta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi, Samarqand viloyati
Murodov Jörabek Norboyeviç - Peşku tumanidagi 18-umumiy örta ta'lim maktabining matematika fani öqituvçisi, Buxoro viloyati
Normurodova Bibijamol Qudratovna - Angor tumanidagi 13-umumiy örta ta'lim maktabining kimyo fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati
Pirmatova Lola Azamovna - Boyovut tumanidagi 13-maktabgaça ta'lim muassasasi tarbiyaçisi, Sirdaryo viloyati
Raximova Zubayda Allayorovna - Boğot tumanidagi 10-umumiy örta ta'lim maktabining 7-Ye sinf rahbari, kimyo fani öqituvçisi, Xorazm viloyati
Raximova Marhabo Avazovna - Oqdaryo tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi direktori, Samarqand viloyati
Raximova Firuza Geldiyevna - Muborak tumanidagi 28-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining boşlanğiç sinf öqituvçisi, Qaşqadaryo viloyati
Ruzikulova Zebo Aliqulovna - Navoiy şahridagi 11-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining biologiya fani öqituvçisi, Navoiy viloyati
Ruziqulova Şoxista Anarbayevna - Payariq tumanidagi 44-umumiy örta ta'lim maktabining 2-A sinf rahbari, kimyo fani öqituvçisi, Samarqand viloyati
Saydazimova Iroda Alişerovna - Toşkent şahridagi «RIKS education» öquv markazi ingliz tili fani öqituvçisi
Salixov Baxodir Rixsibayeviç - Yuqori Çirçiq tumanidagi 3-umumiy örta ta'lim maktabining tasviriy san'at va çizmaçilik fanlari öqituvçisi, Toşkent viloyati
Salomov Şernazar Bahodiroviç - Qoraköl tumanidagi xalqaro matematika maktabining 7-A sinf rahbari, matematika fani öqituvçisi, Buxoro viloyati
Samandarova Mavlyuda Abduvasiyevna - Buxoro maqom san'atiga ixtisoslaştirilgan maktab-internatining maqom yönalişi öqituvçisi, Buxoro viloyati
Samatov Otabek Qaxramonoviç - Şahrixon tumanidagi «SDK Group And» mas'uliyati çeklangan jamiyati boş direktori, Andijon viloyati
Sannonova Dilfuza Arslonbekovna - Xöjaobod tumanidagi 4-imkoniyati çeklangan bolalar uçun ixtisoslaştirilgan ta'lim muassasasi logopedi, Andijon viloyati
Sattarova Moxidil Arzimurotovna - Arnasoy tumanidagi 2-umumiy örta ta'lim maktabining 9-A sinf rahbari, kimyo fani öqituvçisi, Jizzax viloyati
Sulaymonova Saida Saydullayevna - Furqat tumanidagi 35-umumiy örta ta'lim maktabining fizika fani öqituvçisi, Farğona viloyati
Suleymanova Yulduz Erkinbayevna - Xonobod şahridagi 9-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari, Andijon viloyati
Sultonov Saidmaxmud Ğulomoviç - Buvayda tumanidagi «Vodiy avtomaişiy xizmat» mas'uliyati çeklangan jamiyati rahbari, Farğona viloyati
Suyarova Sanobar Zarfullayevna - Jizzax viloyati «Umid» ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktab-internati direktori
Toşmirzayeva Iroda Ilxomovna - Baliqçi tumanidagi 35-umumiy örta ta'lim maktabining ingliz tili fani öqituvçisi, Andijon viloyati
Turdaliyeva Umida Kamilevna - Yunusobod tumanidagi 21-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi, Toşkent şahri
Turdibayeva Gulçexra Pirnazovna - Jizzax viloyati kar bolalar maxsus maktab-internatining ona tili va adabiyot fani öqituvçisi
Ubaydullayeva Nargiza Kabulovna - Qoraqalpoğiston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi tarbiyaçisi
Ubaydulloyev Alişer Nematilloyeviç - Kogon tumanidagi kasb-hunar maktabining informatika fani öqituvçisi, Buxoro viloyati
Urinboyeva Marifatoy Xayitboyevna - Namangan muhandislik-texnologiya instituti akademik litseyining kimyo fani öqituvçisi, Namangan viloyati
Usmanova Nigoraxon Uluğbekovna - Uyçi tumanidagi 11-umumiy örta ta'lim maktabining 7-V sinf rahbari, nemis tili fani öqituvçisi, Namangan viloyati
Usmonxöjayeva Firuza Sabitjanovna - Yaşnobod tumanidagi 30-Mehribonlik uyi direktori, Toşkent şahri
Xakimova Gulçexra Azimovna - Törtköl tumanidagi 40-umumiy örta ta'lim maktabining 7-D sinf rahbari, ingliz tili fani öqituvçisi, Qoraqalpoğiston Respublikasi
Xaknazarov Abdusalom Abduraufoviç - Kitob tumanidagi 1-oilaviy bolalar uyi direktori, Qaşqadaryo viloyati
Xatamova Irodaxon Madaminxojayevna - Guliston tumanidagi 15-umumiy örta ta'lim maktabining musiqa fani öqituvçisi, Sirdaryo viloyati
Xojiyev Dilmurod Baxodiroviç - Andijon davlat universiteti akademik litseyining matematika fani öqituvçisi, Andijon viloyati
Xolikova Gulnora Muxammadovna - Uluğnor tumanidagi 20-umumiy örta ta'lim maktabining 11-B sinf rahbari, kimyo va biologiya fanlari öqituvçisi, Andijon viloyati
Şerov Daniyar Dosçanoviç - Qöşköpir tumanidagi 4-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining 8-A sinf rahbari, matematika fani öqituvçisi, Xorazm viloyati
Şodiyeva Zulayxo Vafoqulovna - Karmana tumanidagi 2-umumiy örta ta'lim maktabining matematika va informatika fanlari öqituvçisi, Navoiy viloyati
Şomatov Narimonjon Qayumoviç - Qöqon davlat pedagogika instituti akademik litseyining matematika fani öqituvçisi, Farğona viloyati
Erkayeva Gulmira Irnazarovna - Nurobod tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar maktabining «Eko-dizayn» tögaragi rahbari, Samarqand viloyati
Yuldaşeva Moxidilxan Kamaldojonovna - Sergeli tumanidagi 6-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining 7-D sinf rahbari, fizika fani öqituvçisi, Toşkent şahri
Yusupova Xayrniso Soqiboyevna - Baxmal tumanidagi 62-umumiy örta ta'lim maktabining fransuz tili fani öqituvçisi, Jizzax viloyati
Yaraşova Şaxnoza Nasimovna - Termiz tumanidagi 12-ixtisoslaştirilgan umumiy örta ta'lim maktabining ingliz tili fani öqituvçisi, Surxondaryo viloyati