Qozoğiston Aqtöbe viloyati Algin rayoni hududida röy bergan yöl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan Özbekiston fuqarolari jasadi vatanga qaytarildi. 

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan, hukumat farmoyişi bilan favqulodda vaziyatlar vaziri örinbosari boşçiligida taşkil etilgan maxsus komissiya keça, 4 aprel kuni Qozoğiston Respublikasi Aqtöbe viloyatiga yetib bordi. 

Maxsus komissiya a’zolari Qozoğiston Respublikasining mas’ul idoralari rahbarlari bilan uçraşib,  belgilangan taşkiliy va amaliy tadbirlarni hamkorlikda olib bordi. 

Şundan söng Özbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bortida yöl-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqarolar jasadi Qozoğiston Respublikasidan 5 aprel kuni soat 03:00 larda Surxondaryo viloyatidagi Termiz xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Qozoğiston Respublikasi mas’ul idoralari yuzaga kelgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarning Özbekistonga olib kelişda yaqindan kömaklaşdi.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Içki işlar, Taşqi işlar, Soğliqni saqlaş va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqaroning jasadi yaşaş manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini ötkaziş böyiça tayyorgarlik işlari olib borilmoqda.