“Mustahkam qonunchilik bo‘lmaguncha yangi qurilishlarga qarshimiz” – “Adolat” SDP Chilonzorda rejalashtirilayotgan renovatsiya haqida
O‘zbekiston “Adolat” SDP 2024 yilda Chilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida kambag‘allikdan chiqarish haqidagi hukumat qarori loyihasining ayrim bandlariga qarshi chiqdi. Partiya matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan rasmiy munosabatida shu haqda so‘z boradi.
“Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “2024 yilda Toshkent shahar Chilonzor tumanini Xitoy tajribasi asosida, shu jumladan yangi yondashuvlar, innovatsion va “yashil texnologiyalar” hamda boshqaruvda zamonaviy usullarini qo‘llagan holda kambag‘allikdan chiqarish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi joylashtirildi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi faollari, ekspertlari tomonidan mazkur qaror loyihasi atroflicha o‘rganilib, tahlil etilganida unda rejalashtirilayotgan ayrim masalalar yuzasidan savollar yuzaga kelgani aytiladi.
Taklif etilayotgan qaror loyihasiga ko‘ra, Chilonzor tumani hududidan Do‘mbirobod, Kichik halqa yo‘li, Dilxush 2-tor ko‘chasi kesishmalari oralig‘ida joylashgan yo‘l bo‘yidagi aholi xonadonlari va xizmat ko‘rsatish obektlarini renovatsiya asosida ko‘p qavatli qilib qayta qurish hamda birinchi qavatida yangi zamonaviy xizmat ko‘rsatish obektlarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.
“Renovatsiyaning mustahkam huquqiy asosi, xususan, uni amalga oshirishning qat’iy talab va tartiblari, uy-joy mulkdorlari huquqlariga rioya etish kafolatlari bo‘lmasdan turib, bu borada loyihalarning amalga oshirilishi jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlariga putur yetkazishi mumkin.
Shu sababli, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi mazkur qaror loyihasining renovatsiyaga oid qonunchilik asoslari mavjud emasligini hamda keng jamoatchilik, shu jumladan Chilonzor tumani aholisi bilan har tomonlama muhokama qilib, ularning fikrini inobatga olgan holda takomillashtirish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi”, deyiladi partiya rasmiy munosabatida.
Mavzuga oid
17:38 / 25.10.2024
Qarshida o‘qituvchilar va ta’lim sohasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
15:00 / 17.10.2024
Robaxon Mahmudova Farg‘onada nuroniylar bilan uchrashdi
11:00 / 17.10.2024