Prezident Şavkat Mirziyoyev bugun, 10 sentyabr kuni ta'lim mavzusida videoselektor yiğilişi ötkazdi. Davlat rahbari tadbirni Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uçun yo najot yo mamot” sözlaridan boşladi va ta'lim borasida sustkaşlikka yöl qöygan biror mansabdor öz vazifasida qolmasligini aytdi.
“Prezident maktablari – bizning kelajagimiz. Men nima uçun bu maktablarni namuna darajasida qilyapman – kelajakda bu maktablar ta'lim standartlari umumta'lim maktablariga, xalq ta'limi tizimiga tuşişi kerak, lokomotivga aylanişi kerak. Men şuni yölga qöyib beryapman – keyinçalik bu standartni boşqa maktablarga yoyiş sizning zimmangizda.
Birinçidan, yoşlarni “Bir million dasturçi” loyihasi bilan qamrab oliş darajasini kengaytiriş zarur.
Misol uçun, Toşkent şahridagi 179-maktab (öquvçilarning 80 foizi), Qöşköpir tumanidagi 34-maktab (65 foiz), Navoiy şahridagi 8-maktab (45 foiz) eng faol maktab sifatida namuna körsatmoqda.
Bundan taşqari, “Bir million dasturçi” loyihasi doirasida qöşimça 200 ming nafar yoşlarni öqitişni Yoşlar markazlari, “Işga marhamat” mono-markazlari infratuzilmasi negizida taşkil etiş zarur. Viloyat, tuman va şahar hokimlari yil yakuniga qadar birorta maktab “Bir million dasturçi” loyihasidan çetda qolmasligini ta'minlaşi şart. Ikki oy muddatda uşbu maktablarning har biriga kamida 10 tadan kompyuter yetkazib berilsin.
Işmetov buning uçun budjetdan 100 milliard söm ajratsin. Bu pulni ajratişni muhokama ham qilmanglar, kerak bölsa yana ajratamiz”, – deya prezident sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qayd etilişiça, bugungi kunda 4 ta Prezident maktabida 576 nafar, 3 ta ixtisoslaşgan va 9 ta ijod maktabida 1 ming 500 nafar öquvçi ta'lim olmoqda. Şavkat Mirziyoyev tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhi asosiy ahamiyat kasb etişi zarurligini ta'kidladi.
Öquvçilarni mamlakatimiz tarixi, madaniyati va san'ati bilan kengroq taniştiriş, harbiy xizmatçilar iştirokida vatanparvarlik darslari taşkil etiş muhimligi qayd etildi.
Ixtisoslaşgan maktab öquvçilarini axborot texnologiyalari mutaxassisliklariga yönaltiriş, ijod maktablarida veb-dizayn, kompyuter grafikasi, tasviriy va raqamli san'at, audiovizual asarlarni yaratiş, tarjimonlik, jurnalistika va aktyorlik mahorati kabi tögaraklar taşkil etiş böyiça vazifalar belgilandi.
Ilğor xalqaro tajriba va standartlar asosida uşbu maktablar muallimlarining malakasini oşirib boriş zarurligi ta'kidlandi.









