Özbekistonda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlaş işlari möljallanmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga köra, bugungi kun holatiga ta’mirtalab bölgan 980 ta tibbiyot muassasalarida bosqiçma-bosqiç quriş-ta’mirlaş işlari amalga oşiriladi.

Birlamçi böğindagi barça oilaviy şifokor punktlari, poliklinika va şifoxonalar ta’mirlanib, filtrlangan içimlik suvi bilan töliq ta’minlanadi.

Tez tibbiy yordam avtomobillarining 50 foizi elektromobillar bilan töldiriladi. Bunda, 2024 yildan boşlab 2030 yilga qadar elektromobillarni sotib oliş muddatlari belgilanadi.