Joriy yil iyun oyida Janubiy Uralning “Çurilovo” agroxoldingi “Özagroeksport” kompaniyasi va yetakçi qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqaruvçilari bilan mavsumiy sabzavot hamda mevalarni yetkazib beriş böyiça bitim imzolagandi. Iyul oyidan boşlab Ural va Sibir hududlarida Özbekistonda yetiştirilgan mahsulotlar jönatila boşlandi. Ötgan qisqa davrda bu boradagi eksport hajmi 700 tonnadan oşib ketdi. Bu haqida Çelyabinsk viloyati gubernatori Özbekiston delegatsiyasi bilan uçraşuvi çoğida aytib ötdi, deb yozadi “Xalq sözi”.
“Bizning savdo aloqalarimiz tezlaşib boryapti. Özbekiston Respublikasi bilan tovar aylanmasini jiddiy faollaştirgan “Soyuzpişçeprom”, “Makfa”, “Sigma”, “Resurs” yetakçi korxonalari bu işga katta mablağ yönaltirgan. Eksport jönatmalari hajmi 12 ming tonnaga yaqinlaşib qoldi. “Çurilovo” agroxoldingi va “Özagroeksport” kompaniyasi örtasida hamkorlik qiliş böyiça bitim imzolangan. Tovar aylanmasini köpaytiriş istiqbollari mutlaq haqiqat deb hisoblayman”, - dedi gubernator.
Ötgan yilda Çelyabinsk viloyati va Özbekiston örtasida mahsulot ayirboşlaş 2016 yilga nisbatan 76 foiz ösib, 291 mln. dollarni taşkil etdi. Ösiş tendensiyalari joriy yilda ham kuzatilmoqda. Masalan, dastlabki olti oyda tovar aylanmasi ötgan yilning şu davriga nisbatan 40 foiz oşib, 152 mln. dollarga yetdi.
Uçraşuv davomida agrosanoat kompleksi, qişloq xöjaligi mahsulotlari yetkazib beriş, savdo-iqtisodiy sohalarda özaro hamkorlik qiliş va kooperatsiyani rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.












