Hollivudning "Forsaj 8" (The Fate of the Furious, 2017) filmining ötgan hafta dam oliş kunlaridagi ilk ijarasi, dastlabki ma'lumotlarga köra, 532,5 mln dollarga yaqin mablağ töplagan. Mazkur raqam şu boradagi eng yuqori natija böldi. Bu haqda uşbu filmning mualliflik huquqiga egalik qiluvçi Amerikaning Universal Pictures kompaniyasi ma'lum qildi. 

Şu bilan rejissyor Feliks Geri Grey ijodiga mansub ommabop filmlarning navbatdagi seriyasi "Yulduzli janglar: Kuçning uyğonişi" (Star Wars: The Force Awakens, 2015) kartinasi örnatgan rekorddan özib ketdi. Fazoviy kuraşlar filmi ilk ijara kunlarida 529 mln dollar töplaşga muvaffaq bölgandi. 

"Forsaj 8" filmi Şimoliy Amerikadan boşqa mamlakatlardagi ijara reytinglarida ham birinçi örinni egallagan. Bu kartina xorijiy mamlakatlarida 432,3 mln dollar töplagan. Şu bilan 316 mln dollar töplagan avvalgi yetakçi "Yura davri dunyosi" (Jurassic World, 2015) natijasini sezilarli ortda qoldirdi. 

Şu bilan birga, Universal Pictures kinokompaniyasi, gap dastlabki natijalar haqida borayotganini eslatar ekan, raqamlarga aniqlik kiritilişi mumkinligini ta'kidlagan. 

Vin Dizel va Dueyn Jonsonlar qahramonligidagi "Forsaj 8" filmi 14 aprel kuni ijaraga çiqqan edi. Film byudjyeti 250 mln dollarni taşkil etdi.