Özbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov egallab turgan lavozimidan ozod qilingani töğrisida tarqalgan xabarlar tasdiqlanmadi.
Bugun, 10 sentabr kuni Xalqaro Islom akademiyasida diniy idora, uning viloyatlardagi vakilliklari xodimlari, hukumat huzuridagi Din işlari böyiça qömita rahbariyati, prezident administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov va Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov iştirokidagi yiğiliş tanqidiy ruhda ötgan, ammo idora raisi öz lavozimida qolgan.
Muftiy lavozimini tark etgani töğrisida dastlab Azon.uz sayti xabar tarqatgandi, keyinroq Kun.uz manbalari bu ma'lumotni tasdiqlagandi.
Ma'lumot uçun, Usmonxon Alimov 1950 yili Samarqand viloyatining Iştixon tumanida tuğilgan. Buxorodagi «Mir Arab» madrasasi va Imom Buxoriy nomidagi Toşkent Islom oliy ma'hadida tahsil olgan.
U uzoq yillar davomida Samarqand viloyatidagi «Imom Buxoriy» jome masjidida imom-xatib bölib işlagan. 2000—2006 yillari Özbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyatidagi vakili, 2006 yil avgustdan diniy idora raisi, muftiy sifatida işlab kelgan.








