Usmonxon Alimovni sönggi manzilga kuzatiş marosimida taniqli ulamolar, davlat va jamoat taşkiloti vakillari, marhumning qarindoşlari, döst-birodarlari, şogird va muxlislari hamda butun Özbekistonning turli joyidan kelgan hamyurtlarimiz iştirok etdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ötgan oyda davolaniş uçun Moskvaga olib borilgan muftiy keça, 15 avgust kuni 71 yoşida oğir xastalikdan söng vafot etdi.
16 avgust kuni prezident Şavkat Mirziyoyev boşçiligidagi bir guruh amaldorlar ta'ziyali xonadonga taşrif buyurib, marhumning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi.
Şuningdek, dunyo böylab köplab ulamolar, xususan yetuk muhaddis olim, şayx Muhammad ibn Muhammad Avvoma hazratlari, marokaşlik olim, professor Hamid Lahmar, albaniyalik professor, imom Romiz Mustafo Zakoiy, Butun dunyo musulmon jamiyatlari Kengaşi raisi – doktor Aliy Nuaymiy, Kengaş boş kotibi doktor Muhammad Başoriy janoblari, Kengaşning boşqa barça a'zolari, Al-Azhar Islom tadqiqotlari akademiyasi direktori doktor Nazir Muhammad Ayyad, şuningdek, Çeçeniston davlat rahbari Ramzan Qodirov Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimovning vafoti yuzasidan hamdardlik bildirdi, deyiladi xabarda.
Ma'lumot uçun, Usmonxon Alimov Samarqand viloyati Iştixon tumanida tavallud topgan. 1982–1983 yillarda Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasida, 1983–1987 yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toşkent islom institutida, 1989–1990 yillarda esa Marokaşning «Karaviyn» dorilfununida tahsil olgan.
Usmonxon Alimov Payariq tumanida joylaşgan Imom Buxoriy nomidagi jome masjidida 1980–1982 yillarda imom-noib, 1987–1989 yillarda, söngra yana 1990–2006 yillar mobaynida uşbu masjidning imom-xatibi sifatida faoliyat yuritgan.
2000–2006 yillarda Özbekiston musulmonlari idorasining Samarqand viloyati vakili, boş imom-xatibi sifatida işlagan. 2006 yildan to hozirga qadar Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimida işlab kelayotgan edi.



























