Prezident matbuot xizmati Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov vafoti munosabati bilan bildirilgan hamdardlik matnini e'lon qildi.

Özbek xalqi oğir judolikka uçradi. Maşhur diniy ulamo, atoqli jamoat arbobi, Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Temirxon öğli Alimov şu yil 15 avgust kuni 71 yoşida  vafot etdi.

U.Alimov 1950 yil 1 yanvarda Samarqand viloyati Iştixon tumanida tuğildi. 1982-1983 yillarda Buxoro şahridagi Mir Arab madrasasida, 1983-1987 yillarda Toşkent islom institutida, 1989-1990 yillarda Marokaş davlatining Qaraviyyin universitetida tahsil oldi.

U muqaddas dinimiz asoslarini, arab va fors tillarini çuqur egallab, 1980-2006 yillarda Samarqand viloyati Payariq tumanidagi Imom Buxoriy masjidida imom noibi, imom-xatib vazifalarida samarali faoliyat olib bordi. Buyuk ajdodimiz Imom Buxoriy abadiy orom topgan tabarruk ziyoratgohda olib borilgan keng kölamli quriliş-obodonlaştiriş işlarida yuksak taşkilotçilik va taşabbuskorlik qobiliyatlarini namoyon etdi.

Usmonxon domla özini “Imom Buxoriyning xodimi” deb hisoblar va bunday şarafli nom bilan doimo faxrlanar edi. U muhaddislar sultoni bölmiş buyuk bobomizning hayoti va ijodi töğrisida yurtimizda birinçilardan bölib “Imom Buxoriy barakoti” asarini yozgan yetuk ulamo edi.

2000-2006 yillarda Samarqand viloyati boş imom-xatibi lavozimida sidqidildan mehnat qilib, katta bilim va hayotiy tajribasini ezgu amallarga safarbar etdi.

U.Alimov 2006 yili Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga saylandi. Ötgan davr mobaynida u respublikamizda ijtimoiy-ma'naviy, diniy-ma'rifiy muhit barqarorligini ta'minlaş, dinimizning insonparvarlik mohiyatini asraş va keng tarğib etiş, yoş avlodni milliy qadriyatlarga hurmat va bağrikenglik ruhida tarbiyalaş, sohada malakali mutaxassislar tayyorlaş işiga beqiyos hissa qöşdi.

Özbekiston musulmonlari idorasida sönggi yillarda amalga oşirilgan diniy sohadagi islohotlar, xususan, yangi madrasa va masjidlarning oçilişi, Qur'on öqitiş kurslarining taşkil qilinişi, Qur'oni karimning arab va özbek tillarida çop etilişi, idora qoşida axborot markazining taşkil etilişi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining faoliyatini yölga qöyiş, musulmon mamlakatlari va xorijiy hamkorlar bilan munosabatlarning mustahkamlanişi kabi xayrli işlarda muftiy hazratning xizmatlari katta böldi.

Usmonxon Alimov yurtimiz musulmonlarining hurmat-ehtiromiga sazovor böliş bilan birga, nafaqat Markaziy Osiyoda balki musulmon dunyosida yuksak obro‘-e'tibor qozongan ulkan ilm va ma'rifat sohibi sifatida e'tirof etilgan zot edi.