Netflix tomonidan 28 yanvarda e’lon qilingan 12 qismli “Biz hammamiz ölganmiz” filmi qisqa muddatda ingliz tilida bölmagan top 10talik kinolar röyxatiga kirdi.
Kinoda ilmiy tadqiqot xato olib borilişi oqibatida mahalliy örta maktablardan biri zombilar bilan tölişi va qamalib qolgan öquvçilar tirik qoliş uçun harakat qilişi aks etadi.
Kino top filmlar röyxatiga kirgaç, tomoşabinlar boş rollarni ijro etgan aktyorlar hayoti bilan qiziqa boşlaşgan va aktyorlardan biri asli özbekistonlik ekani haqida ma’lumotlar çiqib kelgan.
Yoş aktyor, filmda boş rollardan birini öynagan Pak Solomon asli özbekistonlik, vikipediada ham u haqida “koreys-özbek aktyori” deya ma’lumot berilgan.
Pak Solomon 1999 yil 11 noyabrda Özbekistonda tuğilgan, qisqa muddat Rossiyada ham yaşaydi va beşinçi sinfda öqiyotgan payti oilasi bilan birga Janubiy Koreyaga köçib ketadi.

Aktyorni ayni paytda Instagram ijtimoiy tarmoğida 4 mln obunaçi kuzatadi. Netflix filmidan söng muxlislari uni 2022 yilning yangi yulduzi sifatida ham olqişlayapti. Pak aktyorlikdan taşqari model sifatida ham faoliyat olib boradi, reklama roliklarida suratga tuşadi.








