Isroilning Falastin hududlari va xalqiga qilayotgan tajovuzi köp ön yilliklardan beri davom etmoqda. Lekin salkam 2 milliard aholiga ega musulmon dunyosi Isroil davlati va uning ittifoqçilarini xalqaro qonunçilik doirasida tiyib turişga erişa olmadi.
Isroil – şu paytga qadar BMTning rezolyutsiyalarida eng köp qoralangan, tanqid qilingan davlatlardan biri. Lekin nega musulmon dunyosi Isroilni xalqaro huquq doirasida insoniyatga qarşi jinoyatlardan tiyib tura olmaydi?
Nega musulmon dunyosi, 50 dan ortiq davlatni qamrab oluvçi Islom hamkorlik taşkiloti doirasida, 18 ta arab davlatini qamrab oluvçi Arab davlatlari ligasi va boşqa köplab xalqaro birlaşmalar doirasida Isroilni tiyib turuvçi huquqiy, siyosiy, iqtisodiy, diplomatik çoralarga erişa olmaydi?
11 noyabr kuni Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda bir vaqtning özida ikkita katta sammit bölib ötdi. Islom hamkorlik taşkiloti va Arab davlatlar ligasi sammiti. Unda 50 dan ortiq davlat va hukumat rahbarlari iştirok etişdi. Sammitning asosiy maqsadi – Isroilning Ğazo sektorida olib borayotgan va köplab begunoh insonlarning ölimiga sabab bölayotgan uruşini töxtatiş edi.
Sammitda Özbekiston tarafidan boş vazir Abdulla Aripov iştirok etdi va Ğazo sektoridagi tinç aholiga nisbatan bölayotgan jinoyatlarni qattiq qoraladi. Şuningdek, sammitda Turkiya prezidenti Erdöğan ham nutq qilib, “Şarli Ebdo voqeasida dunyo liderlari namoyiş ötkazgan edi, lekin 11 ming falastinlik tinç aholi öldirildi, heç kimning parvoyi yöq, musulmon bölgani uçunmi?” dedi.
Musulmon dunyosi va arab hamjamiyatining talablari Isroil tomonidan inobatga olindimi? Yöq, Isroil Ğazo sektorida uruşni davom ettirmoqda. Tinç aholi orasidagi qurbonlar soni keskin oşib bormoqda. Qolaversa, köplab arab davlatlarida hattoki Falastinni qöllab namoyişlar ötkaziş taqiqlandi. Bu haqda gapiriş taqiqlangan arab monarxiyalari ham bor. Sabab nima?
Bu – aksariyat arab va musulmon davlatlaridagi hokimiyat tabiati, uning jamiyat bilan, xalq bilan munosabatlariga borib taqaladi. Musulmon dunyosida hokimiyatlar xalq bilan, jamiyat bilan uzviy va tizimli boğlanmagan. Hokimiyatlar – xalqdan avtonom, mustaqil korporatsiyalar sifatida faoliyat yuritadi. Hokimiyatlar – xalqning irodasi hosilasi emas, hukumatlar jamiyatga institutlaşgan holda boğliq emas. Saylovlar soxta.
Avtoritar, nodemokratik davlatlarda, hokimiyatlar xalqning irodasi bilan uzviy boğliq bölmaydi. Aksinça, avtoritar hokimiyatlar, odatda xalqdan çöçib, u bilan kuraşib yaşaşadi. Şuning uçun ham avtoritar davlatlarda hokimiyatlarning eng katta ğam-qayğusi – xalqni tiyib turiş, xalq bilan yaşirinça yoki oşkora kuraşiş böladi.

















