Özbekistonda 2022 yil 1 yanvardan davlat xizmatçilarining aktivlari va daromadlarini deklaratsiyalaş yölga qöyiladi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi direktori örinbosari amaldorlar topşirgan deklaratsiyalar barça uçun oçiq platformaga joylanişini ma'lum qildi.
“Albatta, e'lon qilinadi. Hamma uçun oçiq bölgan alohida platforma yaratiladi. Bu platforma u yoki bu davlat idorasining saytida emas, alohida böladi.
Har qanday fuqaro unga kirib, qaysi amaldor va qaysi davlat xizmatçisining qanaqa mulki borligi, qança daromad topayotganini köriş imkoniyatiga ega, oçiq platformani yaratişni rejalaştirganmiz”, – dedi Akmal Burhonov 9 iyul kungi matbuot anjumanida.
Yaqinda imzolangan prezident farmoniga köra, kelgusi yildan davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50 foizdan yuqori taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulkini majburiy deklaratsiya qiliş tizimi joriy etiladi.
Aksilkorrupsiya agentligi direktori majburiy deklaratsiya topşiruvçilar doirasi torligi haqidagi jamoatçilik e'tirozlariga javoban, kelgusida bu toifalar röyxati kengayişi mumkinligini aytdi.
Burhonovga köra, davlat amaldorlari bilan birga faqatgina ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va aktivlari deklaratsiya qilinadigan davlatlar ham bor. Biroq bu – Özbekiston ham ana şu toifalar bilan çeklanib qoladi, degani emas.
“Bu masala işçi guruhda katta muhokama böldi. Aka-ukalari, qaynota-qaynonalarigaça kiritiş masalasi kötarildi. Bu hali ham kun tartibida. Biroq texnik masalalar va inson huquqlari masalasi turibdi.
Lekin bizning rejamizda bosqiçma-bosqiç, xuddi Yevropa kabi barça fuqarolar deklaratsiya töldiriş tizimiga ötmas ekanmiz, korrupsiyani tölaligiça bartaraf qila olmaymiz.
Keyingi yildan bu tizimni joriy qilganimizda röyxatga faqatgina voyaga yetmagan farzandlarini kiritiş samara bermasa, boşqa yaqin qarindoşlarini ham majburiy deklaratsiya topşiruvçilar qatoriga kiritiş masalasini ham öylab köramiz. Bu masala hali ham oçiq, töxtab qolgani yöq.

















