«Özbekkino» Milliy agentligining maxsus loyihasi bölgan, beş qismli uşbu serial yozuvçi va uning rafiqasi Saida Zunnunova hayotiga bağişlangan. Kinoserial 1950-1955 yillardagi real voqealarga asoslangan. Rejissyor Hamidulla Boboqulov «Sabru sadoqat» teleserialini Nozim Abbosovning «Said bilan Saida» filmi asosida suratga olgan. 

«Bu maxsus loyiha «Said bilan Saida» filmiga kiritilmay qolgan yangi sahnalar bilan boyitildi. Bu tomoşabinlar uçun Said Ahmadning 100 yilligi uçun tuhfa böladi. Buyuk yozuvçi haqidagi serialni suratga oliş esa Nozim Abbosovning ezgu orzusi edi va bu orzu endilikda röyobga çiqadigan böldi.

Foto: «Özbekkino»

Tomoşabinlar filmni tomoşa qiliş orqali mehr-muhabbat, ulkan bardoş, kuçli matonat, bukilmas iroda, yengilmas ğururga guvoh bölişlari mumkin», – deyiladi «Özbekkino» Milliy agentligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga taqdim qilgan axborotida. 

Foto: «Özbekkino»

Taniqli yozuvçi, Özbekiston qahramoni Said Ahmad Husanxöjayev 1920 yili Toşkentning «Samarqand darvoza» mahallasida ziyoli oilasida tuğilgan. U dastlab «Muştum» jurnalida, Radio komitetida (1942—1943), «Qizil Özbekiston» gazetasi (1943—1947), «Şarq yulduzi» jurnalida (1948—1950) va sönggi yillarda Özbekiston Yozuvçilari uyuşmasi qoşidagi nasr bölimiga boşçilik qiladi. Yozuvçining birinçi hikoyalar töplami «Tortiq» 1940 yilda naşr etiladi.

Said Ahmadning barça hikoyalari zamonaviy mavzuda yozilgan. U hikoyalarida tasvirlaydigan har bir voqeadan falsafiy umumlaşma çiqarişga, voqealarni lirik ta'sirçanlik bilan ifodalaşga, badiiy usullarning xilma-xilligiga erişişga intildi. «Çöl burguti», «Örik domla», «Loçin», «Odam va böri», «Böston», «Töy boşi» kabi qator asarlari Said Ahmad ijodida ham, özbek nasrida ham yangilik böldi, 

Said Ahmad kiçik hajviy asarlari bilan özbek radio va televideniyesida miniatyuralar teatriga asos solgan.

«Ufq» trilogiyasida yozuvçi uruşdan oldingi va undan keyingi davr hayotiy muammolari haqida bahs yuritadi. «Jimjitlik» (1988) romanida esa turğunlik davri illatlarini foş etişga intildi.

Ayniqsa, yozuvçining pesalari katta şon-şaraf va maşhurlik keltirgani köpçilikka ma'lum. Jumladan, ular içida «Kelinlar qözğoloni» komediyasi alohida ajralib turadi. Uşbu asar teatrda, kinoda öz örnini topgandan söng Said Ahmad nomini özbek adabiyoti klassik namoyandalari qatoriga kötardi. Yozuvçining bu komediyasi dunyoning 14 ta mamlakatida sahnalaştirilgan.