- “Nimaga kasallik tarixi kasal tuşgandan keyin 3 kunlab yozilmay yotibdi?”;
- "20 yildan beri vraçlarni qamoqdan qutqarib kelganman, endi fikrim özgarmoqda. Vraçlarni qamaş kerak deyman, men özim ularni qamattiraman, Zangiotadan boşlaymiz";
- “Bir oyda bir yillik maoşni olyapsizlar”;
- “Bir oyga bitta şu klinikaga 40 mlrd [söm] ketyapti, öşa 40 mlrd.ni 90 foizi sizlarning (şifokorlar nazarda tutilyapti) maoşlaring”;
- “Hamma kasallik tarixi trafaret, “dnevnik” ham trafaret, çunki u kasalni körmagan, birorta vraç kasalni oldiga kirmagan, körmagan. Çunki hamma kasal bir xil bölişi mumkin emas”;
- “Moskvadan kelgan professor aytyapti, kasal 7-10 kun yotarkan, belyo [çoyşablar, iç kiyim] bir marta ham almaştirilmaydi, deyapti, heç bölmasa 3 marta almaştirilişi kerak emasmi?”;
- “Meni özimga har kuni qönğiroqlar böladi: [kasalni] olib çiqib ketaylik, boşqa joyga ötkazaylik, deb. Nimaga desam, umuman doktorlar qaramayapti deyişadi”;
- “Bir xil raqamli kasallik tarixi 8ta bölişi ham mumkinmi?!”;
- “Kislorod davleniyasi tuşib ketayotgani uçun har kuni bir neçta odam ölyapti”;
- “Heç kim işdan ketib qutulmaydi, agar kimdir qoçaman desa, prokuraturaga beramiz”;
- “Keça va bugun yotgan kasal munosabat özgarganini sezişi kerak”;
- “Kasalga dori yozib berişinglarni mutlaqo taqiqlayman, dori tugasa, Minzdravga çiqişlaring kerak”;
- “Kasalni dori-darmoni tumboçkasida turibdi. Kasal özi kelib, özi dori içib tuzalib ketyapti”;
- “Işlatmasdan turib öğirlaydi... Hammasi öğri bularning. Afsuski, bu fakt”;
- “[Çoyşablarni] nima uçun işlatmayapsan, nima uçun kasal sassiq postelda yotişi kerak, nimaga haftada ikki marta almaştirmaysan?”;
- “Sanitarkasiyam işlamayapti, çunki boşidan sasigan bular”;
- “Bölim mudiriyam, glavvraçam mavjud dorilarni bilmay qöliga yozib beryapti, bizda ma'lumot bor, signal çiqib yotibdi. Mana bu yerda yotibdi antibiotik mingtalab, ikki mingtalab, lekin joyida qöliga yozib beryapti. Nima uçun yozib beradi?”;
- “Balki 30 foizi, balki 50 foizi kislorodga qabul qilişi kerakdir, lekin 100 foizi emas”;
- “Xayollaringdan çiqaringlar, bu ötib ketadigan narsa emas. Yoki tartibga tuşasizlar yoki boşqa yöli yöq”.
- “Men prokuraturaga berişni xohlamas edim. Agarda keskin özgariş bölmasa, majbur bölinadi prokuraturaga berişga”;
Soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Zangiotadagi maxsus şifoxona xodimlarini qattiq tanqid qilganiga oid audio tarqaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda soğliqni saqlaş vazirining birinçi örinbosari Abduhakim Xadjibayevga tegişli ekanligi ma'lum bölgan audioyozuv tarqaldi. Quyida vazir örinbosarining Zangiotadagi maxsus şifoxona xodimlarini koyigan 50 daqiqali audioyozuvdagi eng muhim iqtiboslarni özgarişsiz taqdim etamiz.









