Navoiy şahridagi 2-umumta’lim maktabida öğil bola öquvçilarning ommaviy ravişda soçini oliş “tadbiri” ötkazilgan. Holat bugun, 23 fevral kuni bölgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaga köra, maktab direktori Nurqobil Yusupov taşabbusi bilan maktabga sartaroş çaqirilgan hamda turli sinflardan öğil bola öquvçilar sport zalga yiğilib, soçi olingan. Jarayonni milliy gvardiya xodimlari ham kuzatib turgan.
Kun.uz holatga izoh oliş maqsadida Navoiy viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi boşliği Ra’no Hayitova bilan boğlandi. Boşqarma boşliğiga köra, bu holatni umuman oqlab bölmaydi.
“Maktabga hozir odam jönatdim. Özi keça gaplaşgandim şu maktab direktori bilan. Uşbu maktab faoliyatini töliq örganamiz. Bu holat umuman mumkin emas. Bunday direktor işda qolişi ham mumkin emas aslida. Maktabda öquvçining soçiga tegişga umuman haqqi yöq. Pedagogning etika qoidasiga töğri kelmaydi bu”, deya holatni izohladi boşqarma boşliği.
Navoiy viloyati Milliy gvardiya boşqarmasi matbuot kotibi Ramazon Kubayevning ta’kidlaşiça, milliy gvardiya xodimlari maktab direktorining bu taşabbusiga qarşi bölişgan.
“Biriktirilgan xodimlarimiz davomat nazorati uçun maktabga borganida uşbu holatning ustidan çiqişgan. Bu, albatta, mumkin emas. Şu sababli maktab direktoriga jarayonni töxtatişni hamda öquvçilarni darsga qaytarişni aytişgan”, deydi Ramazon Kubayev.
Oldinroq Navoiy şahridagi 6-umumta’lim maktabida öqituvçi bolalarning ota-onalariga videomurojaat yöllab, maktabga krossovka kiyib keliş mumkin emasligini aytgandi. Vazirlik esa ta’lim muassasalarida oyoq kiyim, aynan krossovka bilan boğliq biror bir çeklov yöqligini ma’lum qilgandi.

















