Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uçraşuvda u davlat rahbarining konstitutsiyaga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi taklifi fonida bu qarorni töğri deb hisoblaşini aytgan, taklif qilingan özgarişlar ijro etuvçi, qonun çiqaruvçi va sud hokimiyati örtasidagi muvozanatni özgartirişini ta'kidlagan.

Özgartirişlar, xususan, boş vazir va Vazirlar Mahkamasining barça a'zolarini Davlat Dumasi roziligi bilan tayinlaşni nazarda tutadi. 

«Bu kontekstda oçiq körinib turibdiki, biz Rossiya Federatsiyasi hukumati sifatida mamlakatimiz prezidentiga tegişli barça qarorlarni qabul qiliş imkoniyatini taqdim etişimiz kerak va men şu şaroitda Rossiya konstitutsiyasining 117-moddasiga muvofiq, Rossiya hukumati töliq tarkibda iste'foga çiqişini töğri böldi deb hisoblayman», degan u.

Putin Medvedev hukumatiga amalga oşirilgan işlar uçun minnatdorçilik bildirgan, «hammasi öxşamagan bölsada» natijalardan qanoatlanganini aytgan, yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi şakllanguniça öz vazifasini bajarib turişni topşirgan.  

U şuningdek, Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari lavozimini joriy etiş va bu lavozimni Medvedevga taklif qiliş niyatini bildirgan.

«Dmitriy Anatoleviç mudofaa qobiliyatimiz va xavfsizlik darajamizni oşiriş nuqtayi nazaridan hamişa bu masalalar bilan şuğullanib kelgan. Men undan kelajakda aynan şu masalalar bilan şuğullanişini sörayman. Men buni mumkin deb hisoblayman va buni yaqin orada amalga oşiraman - Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari lavozimini joriy etaman», degan Putin.

«Kutilmagan iste'fo»

Bi-bi-sining hukumatga yaqin manbasi xabar qilişiça, Vazirlar Mahkamasi a'zolari iste'fo haqida oldindan ogohlantirilmagan. Putin parlamentga murojaatnomadan keyin hukumat a'zolari bilan uçraşişi haqida murojaatnoma vaqtida voqif bölişgan. 

«Ammo biz bu [uçraşuv] murojaatnomadagi topşiriqlarning ijrosi böyiça bölişini kutgandik», degan manba.

Çorşanba kuni Vladimir Putin Federal yiğilişga (Rossiya parlamenti) murojaat qildi. U murojaatnomasida konstitutsiyaga prezident va hukumatning boşqa institutlari örtasida vakolatlarni qayta taqsimlaşni nazarda tutuvçi özgartirişlarni taklif qilgandi.