Bugun Özbekiston hukumatida Moliya vazirligiga ötgan Iqtisodiyot vaziri birinçi örinbosari Botir Xöjayev örniga rahbar tayinlandi.

Manba ma'lumotiga köra, Bekenov Sunatulla Husanoviç Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Galina Saidovaning  Makroiqtisodiy parametrlar, moliya-valuta balansi va Respublika investitsiya dasturlari masalalari böyiça birinçi örinbosari hisoblanadi.

Sunnatulla Bekenov 1971 yilda Qozoğistonning Çimkent şahrida tuğilgan.

U 2005 yilgaça (qaçondan beriligi noma'lum) "Özbekiston Qimmatli qoğozlar depozitariysi" davlat korxonasi boş direktori sifatida işlagan. 2005-2007 yillarda Özbekiston Moliya vaziri örinbosari, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahliliy departamenti boşliği, 2008-2009 yillarda Vazirlar Mahkamasi ijro apparati rahbari, 2009-2010 yillarda Iqtisodiyot vaziri sifatida faoliyat yuritgan.

2010-2015 yillarda Vazirlar Mahkamasining ijro etuvçi apparati boşqaruvçisi sifatida işlagan. 2015 yildan şu kungaça Taşkiliy-kadrlar masalasi böyiça Prezident davlat maslahatçisining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.