Investor qiynoqqa solingani aytilyapti. Uning advokati IIVning da’vosini rad etdi
|02:50 / 09.05.202327 8747 min
IIV namanganlik yirik tadbirkor Dilşod Töraxöjayevning Toşkentda, tergov bölimida kaltaklanganini inkor qilib, suratdagi jarohatlar eski ekanini iddao qilgandi. Tadbirkorning advokatiga köra esa, mijozi içki işlar organiga soğ-salomat borgan, qarşilik körsatmagan, tanasidagi jarohatlar aynan tergov bölimida paydo bölgan.
Namanganlik tadbirkor Dilşod Töraxöjayevning advokati Nurullo Tölaganov mijozi tergov bölimlarida şafqatsiz kaltaklanganini aytib, uning tan jarohatlari aks etgan suratlarni e’lon qildi.
Dilşod Töraxöjayev – Namanganning Pop tumanidagi Çodak qişloğida “Aparat Hotel Kosmos” nomli dam oliş kompleksini qurgan investor. U Jinoyat kodeksining 164-moddasida (Bosqinçilik) közda tutilgan jinoyatni sodir etişda gumonlanyapti. Tergov uning uyuşgan jinoiy guruh a’zosi ekanini da’vo qilmoqda.
Foto: Facebook / Nur Töla
Töraxöjayevning yaqinlari “Özbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyatiga murojaat qilib, u 12-15 aprel kunlari Toşkent şahar IIBB tergov bölimida şafqatsiz qiynoqlarga solingani, oğzi va qöllari skotç bilan boğlanib, ayovsiz döpposlanganini iddao qilgan. Bu haqda huquq faoli Abdurahmon Tashanov Facebook'dagi sahifasida yozib qoldirgan.
“Suriştiruv, advokatlari va guvohlar bilan suhbatlardan söng ma’lum böldiki, Dilşodjon Töraxöjayev haqiqatan ham fuqaro kiyimidagi jinoyat qidiruv bölimi xodimlari, qora maxsus kiyimdagi “ajal fariştalari” va tergovçilar tomonidan majburiy körsatma oliş maqsadida qiynoqqa solingan”, – deyiladi “Ezgulik” jamiyati tarqatgan axborotda.
Voqeaga IIV matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov munosabat bildirib, mazkur jinoyat işi böyiça 10 nafar gumondor qölga olingani, ular oğir jinoyatlarni sodir etişda gumonlanayotganini
Şuningdek, IIV bayonotida yirik uyuşgan jinoiy guruh tadbirkorlarga nisbatan tovlamaçilik qilib ularni qörquv ostida uşlab kelgani, ular ilgari oğir turdagi jinoyatlar bilan bir neça marotaba sudlangani va nihoyatda tajovuzkor ekani sababli maxsus kuçlarni jalb etgan holda qölga olingani aytilgan.
“Hozirda uçinçi şaxslar orqali ilgari mavjud bölgan jarohatlarini peş qilgan holda, ijtimoiy tarmoqlarda huquqni muhofaza qiliş organlariga nisbatan işonçsizlik va nosoğlom şov-şuv uyğotiş maqsadi közlanayotgani haqida ma’lumotlar mavjud. Har bir holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan örganiş işlari olib borilmoqda”, – deya qöşimça qilingan rasmiy munosabatda.
Dilşod Töraxöjyev sobiq boş vazir örinbosari – turizm vaziri Aziz Abduhakimov bilan Foto: Facebook / Nur Töla
Advokat Nurullo Tölaganov mijozining olib ketiliş tafsilotlariga töxtalarkan, advokat mijozining protsessual huquqlari buzilganini aytgan.
“IIB binosiga kirgandan keyin uyiga bir marta telefon qiliş huquqi bor. Lekin bu talab ham bajarilmagan. Uydagilari 15 aprelda uni qidirib Toşkentga olib ketilganini aniqlaşgan, şundan söng meni şartnoma asosida yollaşdi. Tergovçini topib gaplaşsam, u ham körişişga ruxsat bermadi, sudda gaplaşib olarsiz dedi”, – deydi Tölaganov.
Sudda körişganda Tölaganov tadbirkor badanida jarohatlar paydo bölganini körib, ularni tasvirga tuşirib olgan.
“Yaxşiyam rasmga olibman. Qiynoqlar şu voqeadan 1 kun ötib tugabdi. Keyin şahar sudiga apellyatsiya yozdik, himoyamdagi şaxsga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi tanlandi. Sudyaga bu odam tadbirkor deb tuşuntirdim. U aslida Rossiya fuqarosi, ammo prokuror iltimosnomasida ham u Özbekiston fuqarosi deya qayd etilgan”, – deydi advokat.
Foto: Facebook / Nur Töla
Nurullo Tölaganovning aytişiça, u himoyasidagi şaxsning tergov jarayonida olgan jarohatlari suratlarini sudyalarga, tergovçiga va Toşkent şahar prokuroriga ham taqdim qilgan. Lekin tekşiriş işlari juda sust ketayotganidan xavotirdaligini bildirgan. Mutasaddi idoralar Töraxöjayev bilan jarohatlari masalasida boğlanmagani aytilmoqda.
Tadbirkorning jarohat olgan suratlari tarqalgaç, 6 may kuni Oliy Majlisning inson huquqlari böyiça vakili Toşkent viloyati, Zangiota tumanidagi 1-son Tergov hibsxonasiga borib, Dilşod Töraxöjayev bilan uçraşgan. Suhbat davomida tadbirkor öziga nisbatan Pop tumani IIBda va keyinçalik Toşkent şahar IIBBda ruhiy va jismoniy bosim ötkazilganini tasdiqlagan.
Ombudsman Töraxöjayevning qiynoqqa solingani holati yuzasidan olib borilayotgan tergovga qadar tekşiruv harakatlari har tomonlama, töliq va qonuniy ötkazilişining ta’minlanişi yuzasidan Boş prokuraturaga nazorat xati kiritganini bildirgan.
Kun.uz advokatning videomurojaati yuzasidan munosabat oliş uçun IIV matbuot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov bilan boğlandi.
“Mazkur holat, şu jumladan tomonlarning vajlari prokuratura organlari tomonidan örganilib huquqiy baho beriladi. Bu haqda IIV rasmiy munosabatida aytilgan”, – deya qisqa javob bilan çeklandi vazirlik mulozimi.
Apart Hotel Kosmos mehmonxona va dam oliş majmuasi
Şu örinda yana bir jihat bor. Bosqinçilikda gumonlanayotgan Dilşod Töraxöjayev 2000–2020 yillarda Rossiyada yaşab, öşa yerda tadbirkorlik bilan şuğullanib kelgan. U televideniyega bergan intervyusida 2020 yili prezident Şavkat Mirziyoyev islohotlariga işonib, Özbekistonga qaytganini aytadi. Buni 2020 yilda Kun.uz bilan suhbatda öşa paytda Namangan viloyati hokimining birinçi örinbosari bölgan Tolib Yusupov ham aytgan.
“Pop tumanida Çodak qişloğida yaşagan Dilşod Töraxöjayev – 2000–2020 yillarda Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini olgan tadbirkor. U tomonidan jami 400 ming dollar hamda 4 mlrd söm kredit hisobiga “Çodak” MFY hududida “Apart Hotel Kosmos” dam oliş maskani – mehmonxona-kemping xizmatlarini körsatuvçi turizm obektiga asos solinib, 50ta iş örni yaratiş çoralari körilmoqda”, – degandi viloyat hokimi örinbosari.
Apart Hotel Kosmos mehmonxona va dam oliş majmuasi
Namanganning Çodak qişloğida qurilayotgan Apart Hotel Kosmos mehmonxona va dam oliş majmuasi umumiy qiymati 2 million dollardan oşadi. Bu taşabbus prezident Şavkat Mirziyoyevning ham e’tiboriga tuşgan.
“Pop tumani Çodak qişloğidagi 2 gektar toğli maydonda tadbirkor tomonidan 25 milliard sömga zamonaviy dam oliş kompleksi barpo etilgan. Buning hisobiga bu yerga bir oyda 15-20 ming nafar sayyoh kelmoqda”, deya videoselektor yiğilişida Töraxöjayevni boşqalarga ibrat qilib körsatgan Şavkat Mirziyeyov.
Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsuddinov Töraxöjayevga nisbatan jismoniy tazyiq ötkazilgani holati yuzasidan tadbirkorning himoyaçisi bergan arizaga asosan Mirobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Tekşiruv davomida tadbirkorning tan jarohati olgani hamda uning barça vajlari har tomonlama, töla va xolisona tekşirilib, töplangan dalillarga asosan huquqiy baho berilişi ta’minlanadi, deya ma’lum qildi Boş prokuratura mulozimi.