Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samolyot badbo‘y hid taratgan yo‘lovchi sabab favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Niderlandiyadan Ispaniyaning Gran-Kanariya oroliga parvoz qilayotgan Transavia aviakompaniyasi samolyoti Portugaliyaning Faru aeroportida majburiy qo‘nishni amalga oshirdi. Mirror nashrida keltirilishicha, bunga yo‘lovchilardan biridan taralgan kuchli badbo‘y hid sabab bo‘lgan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak yo‘lovchidan go‘yoki bir necha haftadan beri yuvinmagandek hid taralgan. Ekipaj yo‘lovchini samolyot hojatxonasiga izolyatsiya qilishga harakat qilgan, biroq bu kutilgan natijani bermagan va uchuvchi yaqin oradagi aeroportga qo‘nishni amalga oshirishga qaror qilgan, u yerda erkakni tibbiyot xodimlari kutib olishgan.
Transavia Airlines Boing-737 samolyotining favqulodda qo‘nishni amalga oshirgani haqidagi ma'lumotni tasdiqladi. "Samolyot tibbiy xarakterdagi sabablar tufayli majburiy qo‘nishni amalga oshirdi, biroq yo‘lovchilardan biridan haqiqatda yoqimsiz hid taralgan", - dedi kompaniya vakili.
Bu yil boshidan buyon ro‘y bergan ikkinchi shunday holat. 18 fevral kuni Dubaydan Amsterdamga parvozni amalga oshirayotgan samolyot yo‘lovchidan badbo‘y hid taralgani bois Venada qo‘nishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid

22:37 / 13.07.2025
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi

20:03 / 08.07.2025
Italiyada erkak uchishga tayyorlanayotgan samolyot dvigateliga kirib ketdi

09:05 / 04.07.2025
Ozarboyjon – Rossiya: sovuqlik fonida Embraer 190 halokatiga oid shov-shuvli tafsilot paydo bo‘ldi

14:20 / 20.06.2025