Şavkat Mirziyoyevning Qirğizistonga davlat taşrifi davomida, ikki davlat hukumati 2006 yil 3 oktyabrda imzolagan fuqarolarning özaro borib-kelişlari töğrisidagi bitimga özgartirişlar kiritiş töğrisida bayonnoma ham almaşinildi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Unga köra, endilikda Özbekistonning barça fuqarolari Qirğizistonga, xuddi şunday Qirğiziston fuqarolari Özbekistonga ID-karta orqali kirişlari mumkin böladi (ilgari faqat xorijga çiqiş pasporti bilan mumkin edi).
Fuqarolarning çegaradan kiriş-çiqişi haqidagi ma’lumotlar elektron tarzda qayd etiladi, pasportga ştamp bosişga hojat qolmaydi.
Qayd etilişiça, bu yengillik istalgan transport orqali (samolyot, poyezd, avtomobil, avtobus va hk) çegarani kesib ötişda amal qiladi.
Mazkur tartib imzolangan hujjatlar ikkala davlat tomonidan tegişli tartibda tasdiqlangan söng kuçga kiradi. Bu taxminan 1-2 oy vaqt olişi aytilmoqda.
Uşbu tartib ayniqsa Özbekistonning eksklav hududlari bölgan Söx, Şohimardon, Çönğara kabi hududlaridagi vatandoşlar uçun katta yengillik böladi, ularning çegaradan ötişlaridagi ortiqça byurokratiyaga çek qöyadi.
Eslatib ötamiz, bugungi kungaça hali birorta davlat bilan ID-karta orqali özaro borib-keliş tartibi yölga qöyilmagan edi. Qirğiziston birinçisi böldi.












