«Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi Alişer Sultonov lavozimni tark etgan. Bu ma'lumotni kompaniyadagi manbalar «Kun.uz»ga tasdiqlaşdi.

1999 yildan «Özbekneftegaz» tizimida işlay boşlagan Alişer Sultonov 2015 yilning avgustida kompaniya raisiga aylangandi.
Endilikda, Özbekistonning Rossiyadagi elçisi Bahrom Aşrafxonov Sultonov örniga «Özbekneftgaz» AJ boşqaruvi raisi lavozimini egallagan.
Aşrafxonov 2016 yilning fevralidan buyon Özbekistonning Rossiyadagi elçisi sifatida faoliyat körsatib kelayotgandi.

Bahrom Bahodiroviç Aşrafxonov 1969 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. U 1993 yili Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan, 1993-1994 yillarda Kentukki universitetida tahsil olgan, 1994 yildan 2000 yilgaça UzAIG suğurta kompaniyasida, keyinroq Moliya vazirligida turli lavozimlarda işlagan, jumladan, 2005-2007 yillarda Moliya vazirining birinçi örinbosari bölgan. 2007 yildan 2016 yilgaça, Akmal Kamalov örniga Özbekistonning Rossiyadagi elçisi sifatida tayinlanguniga qadar Moliya vazirligi Ğaznaçiligi boşliği lavozimida faoliyat körsatgandi.
Eslatib ötamiz, Alişer Sultonov şu yilning 20 avgustida avtofalokatga uçrab, şifoxonaga yotqizilgandi.
Avvaliga uning ahvoli yaxşi ekani va tez orada işga qaytişi haqida aytildi, keyinroq uning jarohati jiddiyligi, çap son suyagi çiqqani, çanoq kosaçasida yopiq siniş, kökrak qafasining 7-10 qovurğalari yopiq singani, boş tepa sohasi lat yegani ma'lum böldi.
Alişer Sultonov Özbekiston Respublikasi boş vazirining örinbosari - geologiya, yoqilği-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksi rahbari ham hisoblanadi. Ayni vaqtda u bu lavozimni saqlab qolgani aytilmoqda.







