Kun.uz muxbiri uşbu aviaqatnov böyiça ma’lumot oliş uçun Farğona xalqaro aeroporti taşişni taşkillaştiriş xizmati smena boşliği Doniyor Şermatov bilan suhbatlaşdi.

«Içki turizmni rivojlantiriş, viloyatdagi anklav hudud hisoblangan Söx tumani aholisini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş va ularga şaroit yaratiş maqsadida haftaning duşanba va juma kunlari aviaqatnov yölga qöyildi. Farğona şahridan soat 10:00 da parvoz qilgan uçoq Söx tumaniga yetib borib, soat 12:00 da Söx aerodromidan Farğona tomon kötariladi. Parvoz davomiyligi 30 daqiqadan iborat.

Doniyor Şermatov, Farğona xalqaro aeroporti taşişni taşkillaştiriş xizmati smena boşliği

Eksklav hudud hisoblanadigan Söx tumani aholisi şu paytgaça yerusti transportida Farğonaga keliş uçun xorijga çiqiş biometrik pasporti bilan Qirğiziston çegara hududini kesib ötişar edi. Endilikda aviaqatnov amalga oşirilişi sababli yölovçilar oddiy fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan parvozni amalga oşirişi mumkin.

Samolyot 10 nafar yölovçini taşişga möljallangan. Bir tomonga uçiş narxi 150 ming söm qilib belgilangan. Yölovçilar çiptalarni Farğona, Andijon va Namangan aeroportlaridan, Söxda esa tuman hokimiyat binosidan xarid qilişi mumkin.

Talabga qarab reyslarni bir kunda 2 mahal amalga oşirişni rejalaştirganmiz. Samolyot A-80 benzini bilan uçadi. Benzin tannarxi qimmatlaşib ketgani uçun narx qimmat belgilangan. Hozirça «Humo Air» aviakompaniyasiga qaraşli bitta An-2P yölovçi taşiş samolyoti jalb qilingan», dedi aeroport rasmiysi.

Sarvar Ziyayev, Kun.uz muxbiri.