Bugun, 17 aprel kuni Vazirlar Mahkamasida Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan boşlangan majburiy mehnatga qarşi kampaniya doirasida boş vazir Abdulla Aripov raisligida yiğiliş bölib ötdi.
Yiğilişda boş vazir qaysi hududlarda qaysi rahbarlar tomonidan bu borada qanday qonunbuzarliklar sodir etilgani misollar bilan aytib ötildi. Boş vazir Özbekistonda davlat siyosati buni yoqlamasligi, bu prezident Şavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek, davlat siyosatiga xiyonat ekanini ta'kidladi. Mazkur işga buyruq berayotganlar, xususan, şahar va tuman hokimlari, tuman Xalq ta'limi boşqarmalari va boşqalar özlarining sodiqligini körsatiş uçun byudjyet taşkilotlarini işlatişini qattiq qoraladi.
Yiğiliş davomida Xalq ta'limi vaziri Uluğbek Inoyatov va Soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov tanqidga uçradi.
«Hokimlarga gapingiz ötmasa, bizga aytmaysizmi?». Soğliqni saqlaş vaziri muammolarni kötarmagan
Yiğiliş vaqida Alişer Şodmonovga söz berildi.
«Haqiqatan ham men rahbar sifatida şu masalaga e'tibor bermaganman va nazoratimga olmaganman. Muhtaram prezidentimiz Sirdaryo viloyati Sayxunobodda ötkazgan yiğilişdan keyin ertasiga Jizzax viloyatidagi barça soha rahbarlari, deputatlar, kasaba uyuşmalari rahbarlari, jamoatçilik vakillari, hokimlik vakillari iştirokida yiğiliş ötkazdik. Bundan keyin har bitta viloyatda şunday yiğiliş ötkazişni reja qilib oldik. Şu bilan bir qatorda, 19 aprel kuni soat 14:00da Boş vazir örinbosari Akmalov Qahramon Valiyeviç boşçiligida butun Respublika böyiça selektor ötkazişni rejalaştirdik.
Şu bilan bir qatorda, har bir vazirlik va boşqarmalarda nazorat guruhlarini taşkil etdik. Işonç telefonlariga xabar beriş tizimini yölga qöyyapmiz.
Va, albatta, bu yerda har bir rahbarimiz va xodimlarimizning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oşiriş böyiça ham işlarni olib borişimiz kerak. Bunda ham özimizga çora-tadbirlarni belgilab oldik.
Men muhtaram prezidentimizga va sizga minnatdorlik bildirmoqçiman. Çunki, mana şu ijtimoiy soha, ayniqsa, tibbiyot sohasi xodimlarini bunday noqonuniy işlarga jalb qilişda qalqon bölib, tösiqlar qöyib berayapsizlar. Şuning uçun men minnatdorlik bildiraman va bu borada bundan keyin xatolarga yöl qöymaslikka va'da beraman», deya vazirning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.
Boş vazir mahalliy hokimlik vakillari yonini olgani uçun Soğliqni saqlaş vazirini jiddiy ogohlantirdi.










