– Abduqahhor aka, «Sardoba fojiasi»dan keyingina töğon qurilişi uçun heç qanday tender ötkazilmagani ma'lum bölmoqda. Aslida, bu kabi yirik loyihalar kimlargadir tendersiz «sovğa qilinişi» iqtisodiy til bilan aytganda qanday baholanadi?

– Sözimning avvalida nafaqat «Sardoba» suv ombori, balki umumiy davlat xaridlari tizimi haqida töxtalib ötmoqçiman. Har qanday davlatda davlat budjeti mablağlari hisobidan qandaydir xizmat qabul qilib olinsa yoki tovarlar xarid qilinganda bu işlar davlat xaridlari tizimi orqali amalga oşirilişi kerak. Davlat xaridlari tizimi esa korrupsiyadan xoli bölişi uçun şaffof işlaşi lozim.

Özbekiston Respublikasida ham «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun, qator qonunosti hujjatlar bor. Bir söz bilan aytganda, respublikada davlat xaridlari tizimi işlab kelmoqda va qaysidir ma'noda öz samarasini körsatmoqda.

Lekin davlat xaridlari tizimida yöl qöyiladigan ayrim kamçiliklar oqibatida Sardobadagi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Aslida esa, bir neça yuz million AQŞ dollari qiymatiga teng loyihalar umumxalq muhokamasiga ham qöyilişi lozim, menimça.

Nafaqat davlat xaridlari tizimi şaffof bölib, unda istalgan korxona va taşkilotlar iştirok etişi, balki keng jamoatçilik fikri ham örganilişi zarur edi. Iqtisodiy nuqtayi nazardan qaraganda, birinçi navbatda «Sardoba» suv ombori kabi loyihalarning özi tenderga qöyilişi kerak.

«Sardoba» suv omborining loyiha tenderi ötkazilib, unda öşa sohada yuqori tajriba va xalqaro miqyosda obro‘-e'tiborga ega loyihalaş institutlari iştirok etganda bu kabi talafotlar yuzaga kelişi quriliş boşlanişidan oldinroq aniqlangan va oldi olingan bölar edi.

Bu – birinçi omil.