Jamiyat | 21:16 / 09.05.2019
11705
3 daqiqa o‘qiladi

“40 yoshga kirganimda o‘g‘illi bo‘ldim. Ertaroq operatsiya qilinmasa yuragi to‘xtab qolishi mumkin”. 3 yoshli Islom yordamga muhtoj

Tahririyatimizga telefon qo‘ng‘irog‘i bo‘ldi va go‘shak ortida bir ayol yig‘lay boshladi. U hozir Toshkentdaligini aytgandan so‘ng uning yoniga yetib bordik. Oddiy, sodda kiyingan bir ayol. Bizni ko‘rib xursandchilikdan ko‘zlariga yosh oldi. Onani qiynayotgan dardini bilishga harakat qildik.

“Biz Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Armichan qishlog‘idan keldik. Farzandim Islom Hasanov hozir 3 yoshda. Yurak porogi bilan tug‘ilgan. 40 yoshimda farzandli bo‘ldim. Ikki qizim va bir mana shu o‘g‘lim bor. Ahvoli yomonlashgandan so‘ng Allohga tavakkal qilib, Toshkentga keldik. Ko‘p joylarga olib bordim. Oxiri bir xususiy klinakada operatsiya qilamiz deyishdi. Bolamda qon bosimi yuqoriligi uchun tezroq operatsiya qilinishi zarur bo‘lib, buning 40 million so‘m mablag‘ ketar ekan. Men yiqqan-terganlarim, qarindosh-urug‘lardan olib 10 million pul bilan kelganman. Boshqa pulimiz yo‘q. Turmush o‘rtog‘im oddiy ishchi. Shuning uchun yordam so‘rashga majburman. Boshqa choram qolmadi. Iltimos yordam beringlar. Bitta-yu bitta o‘g‘limni hayotini saqlab qolayin. Sizlar uchun bir umr duodaman”,- deydi Islombekning onasi Dilfuza Islomova.

Video: Mover (tas-ix)

Video: Youtube

Azizlar, mana shunday ulug‘ oyda, saxovat va yaxshilik oyida bu oilaga yordam beraylik. 40 yil o‘g‘lini kutgan onaizorga dalda bo‘laylik. Kerak bo‘ladigan mablag‘ uncha ko‘p emas. Biz ko‘pchilikmiz. “Oz-oz yig‘ilib daryo bo‘lur” deganlaridek, imkoniyatimiz yetkunicha, qo‘limizdan kelgunicha ham moddiy, ham ma'naviy ko‘mak berib, duoda bo‘laylik. Zero rahmat oyidagi yaxshiklarimizni yaratgan o‘z dargohida qabul aylab, ajr-savoblarini ko‘paytirib berishini biz ham Allohdan so‘rab qolamiz, aziz va saxovatpesha yurtdoshlar.

Telefon: +99891 975 32 36

Otasi Hamro Islomov nomiga ochilgan karta:

AGROBANK Klik/PayMe: 8600 0417 1545 9716

MFO: 00454

INN: 201 005 083

Naqd pul topshirganda: 2311 6000 8000 0045 4001

Mijoz arizasiga asosan kartadan kartaga pul o‘tkazganda: 2311 8000 6000 0045 4001

Boshqa tashkilotlardan kelib tushgan mablag‘lar tranziti: 2311 8000 6000 0045 4001

Rahmatillo Isroilov tayyorladi