Navoiy viloyatida yurak xastaligiga çalingan yoşlarni davolaşga qaratilgan «Mehribon yurak» xayriya aksiyasi bölib ötmoqda. Xayriya aksiyasi orqali tuşgan mablağlar bolalarning operatsiyadan oldingi va keyingi muolajalari uçun sarflanadi. Tibbiy körik va operatsiya esa bepul amalga oşiriladi.

Navoiy viloyati hokimligi matbuot xizmati mutaxassisi Dilkuşo Navrözovaning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, xayriya orqali viloyatdagi yurak xastaligiga çalingan, bugungi kunda jarrohlik amaliyotiga zarurati bölgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, oilaviy şaroiti oğir bölgan bemor bolalarni davolatiş va ularni soğlom hayotga qaytariş maqsad qilingan.

Bugungi kunga qadar aksiya doirasida viloyatning tuman(şahar)laridan kelgan yoşlarning 20 nafari tibbiy körikdan ötkazildi va şifokorlar tomonidan xulosalar berildi.
Bundan taşqari, şu yilning 23 oktabr kuni soat 17:00da «Mehribon yurak» xayriya aksiya tadbirlari doirasida şahardagi «Yoşlar xiyoboni»da gala-konsert dasturi ham taşkil etiladi.

30 noyabr kuni esa jarrohlik amalayoti jarayonidan muvaffaqiyatli ötgan yoşlar va ularning ota-onalariga kötarinki kayfiyat beriş maqsadida konsert dasturi taşkil etiş ham rejalaştirilgan.

Ma'lumot uçun, xayriya aksiyasi taşabbusi viloyat hokimligi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi viloyat Kengaşi, Soğliqni saqlaş boşqarmasi, Köp tarmoqli tibbiyot markazi bilan hamkorlikda taşkil etilgan.












