Biz havas qiladigan rivojlangan davlatlarda badavlat insonlarning mavqei qilgan xayriyalariga köra belgilanişi ma'lum. Yurtimizda ham nafaqat qöli oçiq, oğir vaziyatdagi bemorlarga yordam qölini çözadigan insonlar, balki saxovatli taşkilotlar ham bor. Ana şunday taşkilotlardan birining ibratli aksiyasiga guvoh böldik.

Har bir dard ham öziça murakkab. Ammo şunday oğir kasalliklar borki, har qanday insonni gandiraklatib, kömakka muhtoj qilib qöyadi. Respublika gematologiya va qon quyiş ilmiy-tadqiqot markazida aynan ana şunday oğir bemorlar davolanadilar. Yurtimizdagi köplab saxiy odamlar ularning soğayib ketişlari uçun xayriyalar qiladilar, Kun.uz sayti ham bunday aksiyalar uyuştirişda baholiqudrat öz hissasini qöşadi.

Biz kuzatgan voqelik, ya'ni bankning oz emas, 50 million sömlik dori-darmonlarni bu markazda davolanayotgan bemorlarga beğaraz taqdim etişi har qanday kişini tölqinlantirmay qöymaydi.

Aksionerlik tijorat “Turonbank” xodimlari şifoxona yoki dorixona hisob raqamiga mablağ ötkaziş bilan çeklanib qolmay, özlari şifoxonaga bevosita taşrif buyurib, bemorlar holidan xabar oldilar va dori-darmonlarni topşiriş asnosida ular bilan suhbatlaşdilar.

Har narsada hikmat bor, har yaxşilikda ibrat! Istardikki “Turonbank”ning bu xayriya tadbiri yurtimizda faoliyat yuritayotgan boşqa taşkilotlarga, tadbirkorlarga ibrat bölsa. Zero şifoxonalarda muhtoj bölib turganlar uçun har qanday kömakning örni bor.