Olmaotada yölovçi avtobusi bekatda turgan odamlarni urib yubordi, oqibatda uç kişi halok böldi, yana tört kişi jarohat olib şifoxonaga yotqizildi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bunga yölovçilardan biri haydovçi ayolni urgani sabab bölgan. 

Politsiyaning qayd qilişiça, 22 dekabr kuni keçqurun 47-yönalişdagi avtobusda yölovçi va haydovçi ayol örtasida mojaro kelib çiqqan. Oqibatda, yölovçi haydovçi ayolni urgan, u esa huşidan ketgan. Şunda avtobus boşqaruvdan çiqib, törtta avtomobil bilan töqnaşgan. Şuningdek, bekatdagi boşqa yölovçilarni urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida uç odam halok bölgani, bir qança yölovçilar, jumladan haydovçi ayol ham jarohat olgani aytilmoqda. 

Avtobusda janjal kötargan erkak qölga olingan. Unga nisbatan «bezorilik» moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilgan va tergov izolyatoriga joylaştirilgan. 

Şuningdek, «Transport vositasini boşqarişda yöl harakati qoidalarini buziş oqibatida ikki yoki undan ortiq şaxsning ölimiga sabab böliş» moddasi böyiça jinoyat işi qözğatilib, ekspertiza tayinlangan.