Köksaroyda Özbekiston va Belarus prezidentlarining keng doiradagi muzokaralari bölib ötdi.

Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenkoning avvalgi muloqotlari, samarali hamkorlik borasidagi qat'iy intilişi natijasida Özbekiston bilan Belarus örtasidagi aloqalar barça sohalarda faol tus oldi, deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Parlamentlararo hamkorlik mustahkamlandi. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati delegatsiyasi taşrif bilan Belarus Respublikasida böldi. 

Şu yil avgust oyida Toşkentda Özbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi örtasida hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya majlisi muvaffaqiyatli ötdi. Maşinasozlik, farmatsevtika, yengil va oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligi, turizm kabi sohalarda qöşma loyihalar amalga oşirilmoqda. Işbilarmon doiralar va yetakçi korxonalarning biznes aloqalari mustahkamlanmoqda. 

Keyingi ikki oyda mamlakatning barça hududlari vakillari Belarusga taşrif buyurib, hamkasblari bilan hamkorlik örnatdi. 

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi. Prezidentlar ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikni kengaytirişdan manfaatdorligini, buning uçun intellektual, texnologik, mehnat resurslari borligini va, eng muhimi, özaro intiliş yuqoriligini ta'kidladi. 

Boş vazir örinbosarlari, vazirlar va hududlar rahbarlari hamkorlik uçun istiqbolli loyihalarni taklif qildi.

Özbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi örtasida hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaga tovar ayirboşlaşning yuqori sur'atini ta'minlaş, yaqin yillarda uni bir milliard dollarga yetkaziş vazifasi qöyildi. 

Hududlararo aloqalarni keng yölga qöyiş, xususan, maşinasozlik, töqimaçilik, oziq-ovqat sanoati, çorvaçilik, meva-sabzavotni qayta işlaş, farmatsevtika, quriliş materiallari işlab çiqariş va boşqa tarmoqlarda kooperatsiyani rivojlantirişga kelişib olindi. Qöşma korxonalar taşkil etib, işlab çiqarilgan mahsulotlarni uçinçi davlatlarga eksport qiliş zarurligi ta'kidlandi.