Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ipoteka dasturi doirasida 2024 yilda amalga oşirilgan işlar va 2025 yil uçun rejalar muhokamasi yuzasidan yiğiliş ötkazildi.
Davlat rahbari hokimlar uy-joy qurilişiga faqat ijtimoiy yoki quriliş masalasi deb emas, balki hududini iqtisodiy rivojlanişida asosiy «drayver» sifatida qaraşi zarurligini ta’kidladi.
Ötgan yili uy-joy qurilişida Toşkent şahri, Navoiy, Buxoro, Xorazm va Samarqandda işlar yaxşi taşkil qilingani aytildi. Lekin «Yangi Özbekiston» massivlaridagi işlarning borişi qoniqarsiz ekani qayd etildi. Qoraqalpoğiston, Jizzax va Sirdaryoda esa infratuzilma va quruvçilar bilan işlaş öz holiga taşlab qöyilgan. Xorazmda 98 ta, Buxoroda 65 ta, Jizzaxda 19 ta, Navoiyda 12 ta auksionda sotib olingan yerda quriliş boşlanmagan. Ba’zi xonadonlar aholi va infratuzilmadan uzoq, talab bölmagan joyda qurilgani uçun bir yildan beri sotilmayapti.

«Yangi Özbekiston» massivlarini quriş böyiça mutlaqo yangi tizim yölga qöyilişi ta’kidlandi. Endi «Yangi Özbekiston» massiviga berilgan yer böyiça loyihalaşni 2 oydan, qurilişni boşlaşni 3 oydan oşirişga yöl qöyilmaydi. Bu talab buzilsa, yer qaytarib olinib, qayta auksionga çiqariladi. Loyiha ekspertizasini ön beş kundan ötkazib yuborgan taşkilotlarning litsenziyasi töxtatib qöyiladi.
«Yangi Özbekiston» massivi uçun berilgan yerlarning 10 foizi developerlarga tijorat binolarini qurişi uçun yagona lot sifatida savdoga çiqariladi.
Bu uylarning pastki qavatida xususiy boğça taşkil qilişga ruxsat berilişi, ular mulk soliğidan ham ozod qilinişi ta’kidlandi.
Hokimlarga bu massivlarga köçib keladigan aholining talabini hisobga olib pastki qavatlarda boğça taşkil qilişni boşlaş topşirildi.
Mamlakatimizda 2030 yilgaça kamida 100 ta «Yangi Özbekiston» massivini quriş reja qilingan.
Yangi massivlar uçun yerlar kamida 70 ming odam yaşaydigan tuman markazi yoki şahar hududiga 1-2 kilometr masofadagi joydan ajratiladi. Bu massivlarning har birida 100 ming kvadrat metr xonadon quriladi.
Joriy yil «Yangi Özbekiston» massivlari infratuzilmasi uçun 1,2 trillion söm beriladi.









