Ijtimoiy tarmoqlarda içki işlar xodimlari bolalar boğçasida tarğibot tadbiri ötkazgani, hali esini ham tanimagan bolalarga xuddi kattalardek pand-nasihat qilgani aks etgan video tarqaldi.

Unda içki işlar xodimi 3-4 yoşlar atrofidagi bir guruh bolalarni ota-onani hurmat qilişga çaqiradi.

«Hurmat qiliş kerak ota-onani. Qolgan narsa öz özidan bölib ketaveradi. Faqat yaxşi inson bölişi kerak, böldi. Qilma deganini qiliş kerak emas. Qil degan işni qiliş kerak», — deydi xodim.

U bolalar avval oqdan qorani ajratib olişi lozimligini ta’kidlaydi.

«Oq bilan qorani ajratvolinglar oldin. Nima oq, nima qora? Qaysi işni qilsam töğri böladi, qaysi işni qilsam notöğri böladi?

Qilişdan avval bu işni qilganimdan keyin ertaga nima böladi, şuni öylaş kerak. Tuşuntiroldim-a?», — deydi u.

Şundan söng video uziladi va xodim bolalarga yana qanday nasihat bergani tuşunarsiz qolgan.

Video qaçon va qayerda tasvirga olingani ma’lum emas. 

Bu video katta ehtimol bilan boğçadagi tarğibot tadbiri vaqtida tarbiyaçilardan biri tomonidan olingan va telefondagi tasvirlar tarqalib ketgan.

Kun.uz jamoatçilik örtasida muhokamalarga sabab bölayotgan video, şuningdek, bu kabi tarğibot tadbirlari maktabgaça ta’lim taşkilotlarida muntazam ötkazib kelinişi, bu yoşdagi bolalar IIO xodimlarining sözlarini qançalik tuşuna olişi yuzasidan Toşkent şahar IIBB axborot xizmatidan izoh söradi.