Prezident topshirig‘i: Endi mansabdor shaxslar yakshanba kuni ishga chiqmaydi
Bugun, 27 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident devoni xodimlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
«Kun.uz» manbasi ma'lumot berishicha, yig‘ilishda bir qator tashkiliy masalalar ko‘rilgan. Jumladan, yana bir bor majlisbozliklarga barham berish haqida gapirilgan.
Prezident majlislar vaqtini ham kamaytirish bo‘yicha topshiriq bergan — majlislar vaqti 1,5 soatdan oshmasligi kerakligi belgilangan. Kunning noqulay paytlarida, tong saharlab yoki yarim kechada yig‘ilishlar o‘tkazish qat'iyan cheklanib, yig‘ilishga bevosita aloqasi bo‘lmagan korxonalar, idoralar va jamoat tashkilotlarining rahbar va xodimlarini, fermer va tadbirkorlar umuman taklif etilmaydi.
Shuningdek, mansabdor shaxslar endi shanba kuni soat 17:00gacha ishlab, yakshanba kuni ishga chiqmaydi.
Prezident davlat mansabdorlari yakshanba kunlarida dam olib, vaqtini oilasi bilan o‘tkazishi lozimligini aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilning bahorida davlat rahbari respublika darajasidagi rahbarlar uchun «favqulodda holat» e'lon qilib, kuchaytirilgan tartibda ish olib borilishini aytgan edi. Shundan so‘ng, davlat amaldorlari «24 soatlik rejim»da ishlay boshlashgandi.
Bundan oldinroq yig‘ilish davomida prezident devoni tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y bergani, Xayriddin Sultonov va Qahramon Quronboyev davlat maslahatchisi lavozimini tark etgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
13:18 / 13.08.2024
Soliq qo‘mitasi yirik korxonalarning mahalliy budjetga to‘lovlarini hisobga olish tartibini joriy qiladi
18:00 / 12.08.2024
Quvvatidan to‘liq foydalanilmayotgan o‘quv binolari yoshlarni o‘qitish sharti bilan tadbirkorlarga ijaraga beriladi
17:13 / 12.08.2024
Muqobil energiya manbalaridan foydalanishni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi
16:34 / 12.08.2024