Qozoğistonning Aqtöbe oblastida sodir bölgan YTH oqibatida vafot etgan 8 nafar özbekistonlik jasadi mamlakatga olib kelinadi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilişiça, Şavkat Mirziyoyevning topşiriğiga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga olib keliş va dafn etiş marosimlarini ötkaziş böyiça hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barça zarur çora-tadbirlar körilmoqda.
«Favqudodda vaziyatlar vazirligi mas’ullari qozoğistonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bölib, baxtsiz hodisaning kelib çiqiş sabablarini örganiş böyiça hamkorlik işlarini olib bormoqda», — deyiladi xabarda.
3 aprel kuni Samara-Çimkent trassasining Qozoğistonning Aqtöbe oblasti Marjonbuloq qişloğidan ötgan qismida yöl-transport hodisasi yuz berdi. YTH Volvo yuk maşinasi hamda Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni iştirokida sodir bölgan.
Hodisa oqibatida miniven haydovçisi va undagi yetti nafar yölovçi voqea joyida halok bölgan. Qurbonlarning barçasi Özbekiston fuqarolari.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, harakat vaqtida yuk avtomobilining şinasi yorilib ketgan, haydovçi boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va miniven bilan töqnaşgan.













