Çimkentda Ⅰ Özbekiston-Qozoğiston mintaqalararo forumi bölib ötdi. Forum yakunlari böyiça ikki mamlakat mintaqalari rahbarlari iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida qöşma loyihalarni amalga oşiriş sohasida 16ta hujjatni imzoladilar.

Xususan, Qozoğiston Respublikasi boş vaziri saytida xabar qilinişiça, «KazTransGaz» AJ va «Öztransgaz» AJ örtasida tabiiy gazni Özbekiston hududi orqali taşiş töğrisida bitim imzolandi.

Bundan taşqari, «KTZ Express» AJ va «Özavtotranstexnika» ilmiy-işlab çiqariş markazi örtasida qöşma korxona taşkil etiş töğrisida hujjat imzolandi. Şuningdek, Buyuk ipak yöli mamlakatlarining viza rejimlarini tan oliş töğrisida özaro kelişib olindi. 

Eslatib ötamiz, 2018 yil yakunlariga köra, Özbekiston-Qozoğiston örtasidagi özaro savdo aylanmasi 2018 yil şu davrigaça 2 mlrd dollardan oşdi. Bu ötgan yilga nisbatan 40 foizga köpdir. 

Qozoğiston boş vaziri birinçi örinbosari Asqar Maminning Çimkentdagi forumi doirasida ma'lum qilişiça, 2020 yilga kelib bu raqamni 5 mlrd dollarga yetkaziş borasida barça çoralar köriladi.