20 sentabr kuni poytaxtimizdagi «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkaziş böyiça işlar samaradorligini oşiriş maqsadida «Qonunçilikdagi yangiliklar» matbuot anjumani taşkil etildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi «Özbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan va işlab çiqariladigan mobil qurilmalarni röyxatga oliş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi qarori töğrisida ham soha vakillari tomonidan ma'lumot berildi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi boşqarma boşliği Temur Maşanpin jurnalistlarning mazkur tartibga oid savollariga atrofliça javob qaytardi.

— Uşbu tizimni yölga qöyişdan maqsad nima? Mobil qurilma foydalanuvçilariga qançalik ahamiyati bor?

— Mazkur yangi tartib töliq yölga qöyilgaç, fuqarolar uçun qator afzalliklar tuğiladi. Avvalo, mamlakat hududiga noqonuniy tarzda kirib kelayotgan mobil aloqa vositalari savdosiga çek qöyiladi. Ikkinçidan, foydalanuvçilarning şaxsiy telefonini yöqotiş yoki öğirlatiş holatlari ança kamayib, kelgusida öğirlangan aloqa vositalari bilan boğliq jinoyatlarning oldini oliş hamda foş qiliş birmunça osonlaşadi.

IIV bergan ma'lumotga asosan, oxirgi uç yil davomida sodir etilgan qonunbuzarlik yohud öğirlik holatining har uçinçisida mobil telefonning yöqotilişi yoki uni zarar körişi bilan boğliq faktlar mavjud.

Uçinçidan, respublikamizga sifatsiz mobil qurilmalarni noqonuniy yöl bilan kirib kelişi bartaraf etilsa, foydalanuvçilar salomatligiga zarar yetiş va aloqa xizmatlarining sifati tuşişi kabi muammolar kuzatilmaydi.

Törtinçidan, xaridorlar uçun aloqa vositasini sotib oliş paytida uning maqomini tekşirişga, mahsulot sifati kafolatliligini bilib olişga imkon yaratiladi. Beşinçidan, kontrabanda va kontrafakt abonent qurilmalarining noqonuniy savdosini çeklaş hisobiga Özbekiston telekommunikatsiya bozorida soğlom raqobat muhiti rivojlanadi.

— Röyxatdan ötkaziş jarayoni neça bosqiçda amalga oşiriladi?

— Mobil qurilmalar IMEI kodlarini röyxatdan ötkaziş jarayoni uç bosqiçda ötkaziladi:

Ilk bosqiç — şu yilning 1 aprelidan boşlangan va bu 1 noyabrga qadar davom etadi. Unda barça mobil aloqa terminallari avtomatik tarzda bepul, foydalanuvçilarning iştirokisiz, faqatgina aloqa operatorlari tomonidan UZIMEI bazasiga ötkazilmoqda.