Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zangiotadagi xonadonda besh nafar qiz is gazidan vafot etdi
Foto: Shutterstock
Toshkent viloyati IIB Navbatchilik qismiga 2018 yil 29 dekabr kuni soat 04:30larda is gazidan zaharlanish holati bo‘yicha xabar kelib tushgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Kun.uz’ga xabar berishicha, Zangiota tumani, Bo‘zsuv QFY, O‘rikzor MFY, Olmazor ko‘chasida J.B.ga tegishli uyda uning jiyani va farzandlari - 2003 yilda tug‘ilgan, voyaga yetmagan A. J., 2006 yilda tug‘ilgan T.K., 2009 yilda tug‘ilgan T. K., 2013 yilda tug‘ilgan T.Z., 2014 yilda tug‘ilgan T.G. (qizlar) ushbu uy xonasining devor orasida o‘rnatilgan qo‘lbola usulda yasalgan isitish moslamasidan (pechka) chiqqan is gazidan zaharlangani va vafot etganlik fakti holatida Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.
Hodisa joyiga viloyat prokurori va uning o‘rinbosari, tuman prokurori, uning o‘rinbosari, tuman IIB boshlig‘i va tezkor-tergov guruhi a'zolari chiqishgan.
Mazkur holat yuzasidan Zangiota tuman prokuraturasi tomonidan “Zangiotatumangaz” filiali mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
18:07 / 17.12.2025
Toshkent viloyatida o‘quvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab rahbariyati jazolandi
14:57 / 15.12.2025
Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi
20:38 / 11.12.2025