“Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ 2023 yil yakuniga qadar, “Öztransgaz” AJ 2024 yil yakuniga qadar xalqaro kredit reytingini olişi lozim. Bu prezident tomonidan 8 aprel kuni imzolangan farmonda nazarda tutilgan.

Şuningdek, ular moliyaviy intizomga qat’iy rioya etgan holda mustaqil ravişda xalqaro banklar va kapital bozoridan mablağ jalb etişga erişişi talab etiladi.

Xalqaro moliya institutlari va konsultantlar xulosalari asosida “Hududgazta’minot” AJ va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatini takomillaştiriş , jumladan, ularning operatsion samaradorligini oşiriş, sohaga xususiy sektorni jalb qiliş böyiça 2022 yil 1 sentabrgaça hukumat qarori qabul qilinadi.

Mazkur qarorda, tajriba tariqasida, dastlab 14ta şahar va tumanda, aholi uçun belgilanadigan tariflarni oşirmagan holda tabiiy gaz va elektr energiyasini ulgurji xarid qiliş va sotiş funksiyasini xususiy operatorga beriş közda tutiladi.